O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Gorelki” harakatli o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin zalda yoki maydonda o‘ynaladi. O‘ynovchilar 
bir-birlarini qo‘llaridan ushlab ikki qator bo‘lib turadilar. Oldinda boshlovchi 
bo‘ladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasi bo‘yicha bolalar xo‘r bo‘lib: 
“Yon, yon lovullab yon,
 
Qushlar uchar tikka 
Sho‘lang ketsin xaryon
 
Jaranglamoqda zang 
Bir qaragin ko‘kka 
 
 
Bir, ikki, uch-chopgin!” 
deydilar 
Ohirgi so‘z aytilishi bilan safning oxirida juft turganlar qo‘llarini qo‘yib 
yuborib, safning boshiga yuguradilar – biri chap tomondan, ikkinchisi o‘ng 
tomondan. Boshlovchi ulardan birini safga bir-birlarining qo‘llaridan ushlab turib 
olgunlariga qadar tushishga harakat qiladi. Agar boshlovchi shuning uddasidan 
chiqsa, ushlangan bola bilan safning oldiga kelib turadilar. Juftsiz qolgan bola esa 
boshlovchi bo‘lib qoladi. Bolalarning harakat faolligini oshirish uchun juft juft 
qilib, ularni ikki-uch qator qilib to‘r chizish mumkin. 
“Kim tezroq” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar ikki, uch, to‘rt qator bo‘lib dastlabki 
chiziq oldida saflanadilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan safda birinchi bo‘lib turgan 
bolalar o‘ng yoki chap oyoqda 4 m masofada joylashtirilgan kegli yoki 
bayroqchaga sakraydilar. Sakrab borib buyumni aylanib o‘tgach, bolalar o‘z 
komandlari tomon yuguradilar va chiziqni bosib o‘tishlari bilanoq o‘yinni safda 
keyingi bo‘lib turgan bola boshlaydi. Topshiriqni tez bajargan komanda g‘olib 
chiqadi. 
“Karusel” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar chizimchani o‘ng qo‘llari bilan ushlab doira 
yasaydilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasi bo‘yicha bolalar doira bo‘ylab asta-
sekin yura boshlaydilar, keyin sekin asta tezlashib, oxiri yugurib ketadilar. Harakat 
baralla aytilgan tekstga muvofiq bajariladi: 
“Aylanmoqda arang, arang, 
Ot o‘yini bu, xay qarang, 
Orqaga keskin buriling, 
Hammangiz chopib keling”. 
Bolalar doirani 2-3 marta aylanib chiqqanlaridan so‘ng, tarbiyachi ularni 
to‘xtatadi va harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga ishora qiladi. O‘ynovchilar 
orqalariga aylanib, chizimchani boshqa qo‘llari bilan ushlab oladilar va yurish 


66 
hamda yugurishni davom ettiradilar. Keyin tarbiyachi bolalar bilan birgalikda 
shunday deydi: 
 
“Shoshmang, sekin, sekin! 
O‘yinni to‘xtating! 
Bir, ikki, ol orom, 
O‘yin bo‘ldi tomom!” 
Karusel harakatni asta sekinlashtiriladi. Mana, o‘yin ham tugadi” degan so‘z 
eshitilishi bilan bolalar to‘xtaydilar, chizimchani еrga qo‘yib butun maydon 
bo‘ylab tarqalib ketadilar. O‘yin 2 marta takrorlanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling