O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Tegib ketmay tezroq o‘t” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zalda yoki sport maydonchada o‘tkaziladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachi kubiklar yoki keglilardan yo‘lakcha yasaydi 
(buyumlar orasidagi masofa 50 sm). Bolalarga birinchi qatorda turgan buyumlar 
orasidan “ilon izi” bo‘lib o‘tishni, qaytishda esa ikkinchi qatordagi buyumlar 
orasidan, ularga tegib ketmay yugurib o‘tishni taklif etiladi. 
O‘yin mashqi avval birinchi guruh, so‘ngra ikkinchi guruh bajaradi. 
“Kim uzoqqa otadi” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Dastlabki chiziqdan 8-9 m nariga keglilarni (8-10 
dona) bir qator qilib qo‘yadi. Birinchi guruh bolalari taklif qilinadi (har bir 
bolaning qo‘lida uchtadan tennis koptogi bo‘ladi). 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasi bilan tennis koptokni uzoqroqqa 
otishga intiladilar. Tarbiyachi eng uzoqqa otgan bolalarni ko‘rsatib o‘tadi. Shundan 
keyin ikkinchi guruh bolalari taklif qilinadi. 
“Kim tezroq bajaradi” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilarning yarmi dastlabki chiziqda saf bo‘lib 
turadilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra ular kubiklardan tez yugurib 
borishlari, aylanib, bir oyoqda ikki marta sakrashlari va dastlabki chiziqqa yugurib 
qaytib kelishlari lozim. Tarbiyachi topshiriqni tez bajargan bolalarni nomini aytib 
o‘tadi. Shundan so‘ng ikkinchi guruh bolalari taklif qilinadi. 
“Doiraga aniq tushir” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Tarbiyachi еrga uchta gardishni qo‘yadi yoki doira 
chizib qo‘yadi va bolalarga undan 2-3 m narida turib oyoqlarini oldiga tennis 
koptokni (har bir bolani oldida uchtadan tennis koptogi qo‘yadi) qo‘yishni taklif 
qiladi. 


65 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachisining ishorasi bilan ular koptokni bir qo‘llab 
pastdan doiraga otadilar kimda kim aniq tushirsa g‘olib bo‘ladi. Keyinchalik 
koptokni sonini oshirish mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling