74
Keyingi topshiriq – volanni yuqoriga o‘ng yoki chap qo‘l bilan otish va chap
yoki o‘ng qo‘l bilan ilib olishdir. Volanni bir-biriga 2
m masofadan tashlash va
ikki hamda bir qo‘l bilan ilib olish.
“Volanni oshir”
O‘ynovchilar maydon bo‘ylab erkin joylashadilar va volanni raketka bilan
uzatib, maydonning bir tomonidan ikkinchi tomoniga o‘tadilar.
“Volanni urib qaytar”
O‘ynovchilar bir-birlaridan 2 m uzoqlikda juft juft bo‘lib
joylashadilar,
ularning har birida bittadan raketka va ikki kishiga bittadan volan.
O‘ynovchilardan biri volanni tashlaydi, ikkinchisi uni raketka bilan urib qaytaradi,
so‘ngra ikkinchi o‘yinchi tashlaydi, birinchi o‘yinchi urib qaytaradi.
SUZIShGA OID O‘YINLAR
“Favvora”
O‘ynovchilar bir-birlarining qo‘llaridan ushlab (yuza joyda) doira hosil qilib
turadilar. Bolalar tarbiyachining ishorasiga ko‘ra o‘tiradilar va qo‘llari bilan orqaga
tayanib, oyoqlarini uzatadilar. Keyingi ishoraga binoan hamma bolalar baravariga
oyoqlari bilan suv taratayotgan (favvoradek) oldinga – yuqoriga harakat qila
boshlaydilar (bir maromda nafas olinadi). O‘yinda 5-6 bola qatnashadi.
“Qutiga”
Bolalar nafas olib o‘tiradilar va oyoqlari bilan
suv tagida shiddat bilan
itarilib boshni va tizzani ko‘krakka tomon olib boradilar (bunda qo‘l boldirdan
o‘tkazib ushlanadi) va shu tariqa suv yuziga suzib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: