“Safga to‘p uzatish”
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar ikkita saf bo‘lib saflanadilar. Qatorlardagi
birinchi bo‘lib turgan har bir o‘yinchida bittadan to‘p bo‘ladi.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan ular yonlarida turgan
bolalarga to‘pni uzatadilar. To‘pni eng oxiri turgan bola olishi bilan uni boshi uzra
ko‘taradi.
“Uysiz quyon”
O‘yinga tayyorlanish. Ovchi va o‘ysiz quyon tayinlanadi, qolganlar esa
quyonlar bo‘ladilar, ular o‘zlariga doiracha chizib oladilar va o‘z uylarida turadilar.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachisining ishorasiga binoan uysiz quyon qochadi,
ovchi uni quvib еtishga intiladi. Ovchidan qutilish uchun quyon xoxlagan doiraga
kirib olishi mumkin; o‘sha doirada turgan bola esa uysiz quyon bo‘lib qoladi va
ovchi endi uni quvib turishga harakat qiladi. Ovchi quyonni tutib olishga (qo‘l
tekkizishga) muvafaq bo‘lar ekan, ular rollarini almashadilar. Bolalarning harakat
faolligini oshirish uchun bir uyda ikki-uchtadan quyonlar turishi mumkin.
“Tezda uzat”
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar bir-birlaridan bir qadam narida ikki-uch
qator bo‘lib saflanadilar, birinchi bo‘lib turgan o‘yinchining qo‘lida bittadan katta
xajmdagi to‘p bo‘ladi.
O‘yin
tavsifi.
Tarbiyachining
ishorasiga
ko‘ra
bolalar
to‘pni
komandalaridagi o‘zlaridan keyin turgan bolaga oyoqlari orasidan oldiga engashib,
joyidan qo‘zg‘almay uzatadilar. To‘pni oxirgi turgan o‘yinchi olishi bilanoq, o‘z
qatorini aylanib o‘tib, birinchi bo‘lib turadi. Topshiriqni tez va to‘g‘ri bajargan
komanda g‘olib chiqadi.
“Volanni urib qaytar”
Birinchi guruhdagi bolalar juf-juft bo‘lib turadilar va bir birlariga raketka
bilan volanni tashlaydilar, bunda uni uzoq vaqt еrga tushirmaslikka intiladilar
(bolalar orasidagi masofa hoxishiga qarab belgilanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |