68
o‘yinchi ikki oyoqda
gardishgacha sakrab borib, o‘nga qo‘lidagi to‘pni qo‘yib
orqaga yugurib qaytadi. Belgilangan chiziqda va hokazo. Topshiriqni tez va to‘g‘ri
bajargan komanda g‘olib chiqadi.
Tarbiyachi oldindan o‘ynovchilarning soniga bog‘liq holda to‘p
qayerda
bo‘lishini o‘quvchilarning qo‘lidami yoki gardishdami hisoblab chiqib uni aytadi.
“To‘p doirada” o‘yini
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar 5-6 kishidan bo‘lib
bir nechta
guruhlarga bo‘linadilar va doira hosil qilib turadilar. Doiraning o‘rtasida
boshlovchi turadi, uning oyog‘i oldida esa to‘ldirma yoki basketbol to‘pi bo‘ladi.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasi bilan boshlovchi o‘ynovchilarga
oyog‘i bilan to‘pni dumalatdi yoki oyoq bilan oshirish: kelgan to‘pni har bir bola
bir necha soniya tutib turadi va yana boshlovchiga qaytaradi.
“Keglini urib yiqit” o‘yini
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar dastlabki chiziq oldida bir qator bo‘lib
turadilar, bolalarning soniga qarab 4 m nariga keglilar qo‘yiladi.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasi bilan ikkala qo‘lning keskin harakati
bilan to‘pni oldinga dumalatib yuborib keglini urib yiqitish topshirig‘i beriladi.
Tarbiyachi topshiriqni uddalagan bolalarni ko‘rsatib o‘tadi.
Dastlabki chiziqqa
ikkinchi guruh chiqadi va xuddi ana shu mashqni takrorlanadi (2-3 marta).
Do'stlaringiz bilan baham: