“Darbozlar” o‘yini
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar dastlabki chiziq oldida uch qator bo‘lib
saflanadilar. Har bir qatorning qarshisiga 3 m nariga bittadan buyum kegli, kubik,
tanglikka o‘rnatilgan bayroqcha qo‘yiladi. Har bir qatorda birinchi bo‘lib turgan
o‘yinchining qo‘lida bittadan qumli xaltacha.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan kopchani boshlariga qo‘yib,
qo‘llarini yon tomonga uzatib, belgilangan joygacha tezlik bilan yuradilar. Marraga
еtib kelgach qopchani qo‘llariga olib tezda o‘z komandalariga qaytadilar va
qopchani keyingi o‘ynovchiga uzatib, o‘z qatorlarining ohirigacha borib turadilar.
Topshiriqni tez va to‘g‘ri bajargan komanda g‘olib chiqadi.
“Qarmoq” o‘yini
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar bir-birlaridan bir-ikki qadam narida turib doira
hosil qiladilar.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasi bilan o‘rtada tarbiyachi tomonga
qumli qopchani bog‘langan chizimchani ushlab olib aylantiradi, qopchaga
yaqinlashgan har bir bola, imkoni boricha oyog‘iga qopchani tegizmaslikni harakat
qilib joyida sakraydi. Oyog‘iga qopcha tekkan bola orqaga bir qadam tashlaydi.
“Dumalatib urib yiqit”
O‘yinga tayyorlanish. Tarbiyachi bolalarning soniga qarab dastlabki
chiziqdan 5 m nariga keglilar qo‘yadi. Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi
guruh saflanadi, bolalarning qo‘llarida bittadan katta to‘p bo‘ladi.
O‘yinni tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra bolalar to‘pni to‘g‘ri
yo‘nalishi bo‘yicha dumalatib, keglini urib yiqitishga harakat qiladilar. Qarama-
qarshida turgan bolalar to‘plarini ushlab birinchi guruhini o‘rniga o‘tadilar, ya’ni
o‘rin almashadilar. Mashq 2-3 marta takrorlanadi.
“Tegib ketmay yugurib o‘t”
Tarbiyachi bir biridan 40 sm oraliqda bir qator qilib to‘ldirma to‘plar
qo‘yadi. Bolalar bir qator bo‘lib to‘ldirma to‘plar orasidan ularga tegib ketmay
yugurib o‘tishga harakat qiladilar. Mashq 2-3 marta takrorlanadi. Safni boshlovchi
har safar o‘yini takrorlaganda almashirishi mumkin.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |