O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Keglini urib yiqit” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar tennis koptokni ushlab dastlabki chiziq oldida 
saf bo‘lib turadilar. Dastlabki chiziqdan 2-2.5 m oraliqda bir qator qilib, bir nechta
har xil rangdagi kegli qo‘yiladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining “Otinglar!”-degan ishorasi bilan bolalar 
keglilarni urib yiqitishga harakat qiladilar. Nishonga tekkizgan bolalar aytilib 
o‘tiladi. Keyin urib yiqitishni ikkinchi safdagi bolalar bajaradi (har bir bola 2 
martadan koptok otadi) 
“Juft bo‘lib turish” harakatli o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar bir birlaridan 3-4 qadam narida ikki safda 
turadilar. Har bir bola o‘ziga juft tanlaydi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining “Yugur!”-degan ishorasi bilan birinchi safdagi 
bolalar qochadilar, ikkinchi safdagi bolalar esa ularni quvlaydilar. O‘yin 
takrorlanganda bolalar o‘rin almashadilar. 
“Boyo‘g‘li” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Zalning bir tomonidan boyo‘g‘lining uyasi 
belgilanadi. Uyaga boshlovchi – boyo‘g‘li joylashadi, qolgan o‘ynovchilar qushlar, 
kapalaklar, qo‘ng‘iz va boshqalarni tasvirlaydilar, ular butun zal bo‘yilab uchib 
yuradilar. 
O‘yin tavsifi. Bir qancha vaqt o‘tgach, tarbiyachi: “Tun!”-degan so‘zni 
aytadi. O‘ynovchilar “Tun!” so‘zni eshitishlari bilan qanday holatda bo‘lsalar, 
shundaligigicha to‘xtaydilar. Boyo‘g‘li o‘z uyasidan chiqib, kim qimirlayotgan 
bo‘lsa, shuni o‘z uyiga olib ketadi, tarbiyachi esa :”Kun!” deydi. Shundan so‘ng 


64 
kapalaklarga, qushlarga, qo‘ng‘izlarga jon kirib yana aylanib uchib yuradilar va 
ovga ikki marta uchib chiqqandan so‘ng tutilganlar soni hisoblanadi. Boshqa 
boyo‘g‘li saylanadi. 
 
“Kim tezroq” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Doira atrofiga undan 1 m nariga tarbiyachi bolalar 
bilan birgalikda ular soniga еtarli tennis koptogini qo‘yadilar. Shundan so‘ng 
bolalar 5 m narida doira bo‘ylab turadilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra ular ikki oyoqda sakrab
tennis koptokni oldiga boradilar, ularni olib yuqoriga ko‘taradilar va yana orqaga 
sakrab qaytadilar va tennis koptokni boshlari uzra ko‘taradilar. Tarbiyachi 
g‘oliblarni ko‘rsatib o‘tadi. O‘yin 2-3 marta takrorlanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling