O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Kim uzoqqa otadi” 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar maydon bo‘ylab yoyilib bir nechta (4-5 dona) 
tennis koptokni oladilar. O‘yin sport zalda va maydonda o‘tkaziladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra dastlab pozitsiyaga birinchi 
guruh bolalari turadilar. Quyidagi topshiriq beriladi: 3-4 m masofada turgan 
kegliga tennis koptokni otish, ikkinchi chiziq 5-6 m va uchinchi chiziq 8-10 m. 
Eng chaqqon o‘yinchilar ko‘rsatib o‘tiladi, shundan keyin ikkinchi guruh bolalar 
kelib turadilar. O‘yin takrorlanadi. 
“Tegib ketma” 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zalda yoki sport maydonchada o‘tkaziladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachi oldindan topshiriqni tushuntirib, bir qator qilib 
navbatma-navbat (3-4 dona) doiracha chiziladi yoki kegli qo‘yib chiqiladi
ularning oralig‘i 50 sm bo‘ladi (5 ta doira chiziladi yoki 5 ta kegli qo‘yiladi). 
O‘ynovchilar ikki komandaga bo‘linadilar, quyidagicha topshiriq beriladi: 
buyumlarga tegib ketmay, tez o‘tish. Avval birinchi komanda, keyin ikkinchi 
komanda bajaradi. Tegib ketilgan buyumlarning soni hisoblab chiqiladi. O‘yin 2-3 
marta takrorlanadi. 
“Ayoz” harakatli o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zalda yoki sport maydonida o‘tkaziladi. 
Maydonni qarama qarshi tomonidan ikkita uy belgilanadi, o‘yinchi ularning biriga 
joylashadilar. 
O‘yin tavsifi. Boshlovchi “Ayoz” maydonining o‘rtasida o‘yinchilar 
tomoniga qarab turadi va tarbiyachining ishorasidan keyin shunday deydi: 
“Qizil burun – Ayozman, 
Qaysining buyruq qilasiz, 
Yo‘lga chiqib bilasiz?” 
O‘yinchilar xur bo‘lib javob qaytaradilar: 
“Hech qo‘rqmaymiz do‘kdan 
Ayozni olmaymiz tan!” 
“Ayoz” so‘zi aytishi bilan bolalar maydonining ikkinchi tomonidan uyga 
yugurib o‘tadilar, boshlovchi esa ularga еtib olib qo‘lini tekkizishga – muzlatib 
qo‘yishga harakat qiladi. Muzlatganlar boshlovchining qo‘li tekkan joyda to‘xtab 
qoladilar va yugurib o‘tish tugaguncha qimirlamay turadilar.
Tarbiyachi “Ayoz” bilan birgalikda “muzlatganlar”ni hisoblab chiqadi. Har 
bir yugurib o‘tish tugagandan so‘ng yangi “Ayoz” tanlanadi. O‘yin tugagach, qaysi 
boshlovchi “Ayoz” ko‘proq muzlatgani hisoblab chiqiladi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling