O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

O‘yin mashqlari 
“To‘pni devorga ur”. Bir guruh bolalar devor oldida saf bo‘lib turadilar
to‘pni devorga urib qaytishi bilan (devor orasidagi masofa 3 m) uni ilib oladilar. 
“To‘pni ushlab ol”. Boshqa guruhdagi bolalar uchlikka bo‘linadilar. Ikkitasi 
bir-biridan 4 m oraliqda turadi uchinchisi esa ularning o‘rtasiga joylashadi. Ikkita 
o‘yinchilar to‘pni bir birlariga uzatadilar, uchinchisi esa o‘nga qo‘l tekkizishga 
yoki uni ushlab olishga harakat qiladi. Agar ushlab olsa, yutkazgan bilan o‘rin 
almashadi. Tarbiyachisining ishorasiga binoan bolalar mashqni tugatadilar va o‘rin 
almashadilar. 
“Tegib ketma”. Tarbiyachi keglilarni 30 sm orqalatib ikki qator qilib 
qo‘yadi. Bolalar ikki qator bo‘lib turadilar va tarbiyachisining ishorasiga binoan 
oyoq uchida keglilar orasidan o‘tib yuradilar, bunda keglilarga tegib ketmaslikka 
va uni yiqitib yubormaslikni harakat qiladilar. Topshiriqni (2-3 marta) epchillik 
bilan yaxshi bajargan qator g‘olib keladi. Keglilar orasidan yurishni tugagach
keglilar orasidan еngilgina yugurishni taklif qilish mumkin. 
“To‘p boshlovchiga” 


59 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar uch-to‘rt qator bo‘lib saflanadilar. 
Birinchi o‘yinchilardan 2-2.5 m narida boshlovchi qo‘lida to‘p ushlab turadi. 
Tarbiyachi barcha qator o‘yinchilarni va boshlovchi uchun chiziq chizadi 
(chizimchani tashlab qo‘yadi). 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan boshlovchi qatorda birinchi 
bo‘lib turgan o‘yinchiga to‘p tashlaydi, ular esa boshlovchiga to‘pni qaytarib, 
yugurib o‘z qatorlarining oxiriga borib turadilar (qatordagilarning barchasi birin 
ketin dastlabki chiziqqa surilib keladilar). O‘yinni birinchi bo‘lib boshlagan bola 
birinchi bo‘lib qolsa, u qo‘lini ko‘taradi, demak komanda g‘alaba qilgan bo‘ladi. 
O‘yin takrorlanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling