O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Chaqqon bola estafetasi” 
Dastlabki chiziq oldida o‘yinchilar ikki qator bo‘lib turadilar. Birinchi bo‘lib 
turgan o‘yinchilar buyumlar (kegli, kubiklar) orasidan ikki oyoqda sakrab borib
marra chizig‘iga еtadilar va yana orqaga qaytib kelib, qatorlarning oxiriga 
turadilar. Keyingi o‘yinchi sakrashni oldingi o‘yinchi qaytib start chizig‘ini bosib 
o‘tgach boshlaydi (masofa 5 m). O‘yin 2-3 marta takrorlanadi. 
“G‘ozlar va oqqushlar” harakatli o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Zalning bir tomonidan g‘ozlar yashaydigan uy 
belgilanadi. Zalning ikkinchi tomonida cho‘pon turadi. Uning yonida bo‘ri uyasi 
bo‘lib, qolgan joy-o‘tloq bo‘ladi. 
O‘yin tavsifi. O‘ynovchilar orasidan bo‘ri va cho‘pon tanlanadi, qolganlar 
esa g‘ozlar bo‘lishadi. Cho‘pon g‘ozlarni o‘tloqqa haydaydi, ular o‘tlab, uchib 
boradilar. 
Cho‘pon: G‘ozlar, g‘ozlar! 
G‘ozlar (bir zum to‘xtab, xor bo‘lib javob beradilar). G‘oq, g‘oq, g‘oq! 
Cho‘pon: Don еysizlarmi? 
G‘ozlar: Xa, xa, xa! 
Cho‘pon: Shunday ekan uchib keling! 
G‘ozlar: Bunday qilish mumkin emas. 
“Adirda bo‘ri nokas 
Uyimizga o‘tkazmas 
Cho‘pon: Baland, baland uching siz 
Qanotingiz asrangiz! 
G‘ozlar qanotlarini yozib (qo‘llarini yonga uzatib) o‘tloqdan uyga tomomn 
uchib o‘tadilar, bo‘ri esa uyasidan chiqib ularni ushlab tutib olishga harakat qiladi. 
Tutilgan g‘ozlar uyaga ketadi. Bir necha marta yugurib o‘tilgandan keyin, bo‘ri 


57 
tutib olgan g‘ozlar hisoblab chiqiladi. Shundan so‘ng yana yangi bo‘ri va cho‘pon 
tanlanadi. O‘yin ikki-uch marta takrorlanadi. 
“Uchadi - uchmaydi” kam harakatli o‘yin 
Bolalar doira bo‘ylab turadilar, o‘rtada tarbiyachi buladi. U jonli va jonsiz 
narsalarning nomini aytadi, bular yo uchadigan yo uchmaydigan narsalardir. 
Tarbiyachi narsani nomini aytib qo‘lini yuqoriga ko‘taradi. Masalan, tarbiyachi 
shunday deydi: “Qush uchadi, stul uchadi, samolyot uchadi” va boshqalar. Bolalar 
uchadigan narsaning nomi aytilganida qullarini ko‘tarishlari kerak. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling