O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


“O‘yin boshlovchilar kim” harakatli o‘yin


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“O‘yin boshlovchilar kim” harakatli o‘yin 
O‘yinga tayyorlanish. Boshlovchi saylanadi, u bolalar xosil qilgan doirani 
o‘rtasida turadi. 


58 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachisining ishorasi bilan bir-birlarining qo‘llaridan 
ushlab bolalar doira bo‘ylab o‘nga (chapga) yuradilar va shunday deydilar: 
Davra kurib, izma-iz 
 
 
To‘xta! Birday barchamiz 
Yuramiz quvnoq-quvnoq
 
Qilamiz endi mundoq...” 
Bolalar to‘xtab qo‘llarni pastga tushuradilar, boshlovchi biror-bir harakatni 
ko‘rsatadi, boalalrning hammasi u ko‘rsatgan harakatini takrorlashlari lozim. O‘yin 
3-4 marta takrorlanadi. 
“O‘t o‘chiruvchilar” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar uch-to‘rt qator bo‘lib gimnastika narvoniga 
qarab saflanadilar – bular o‘t uchiruvchilar. 
Safda birinchi bo‘lib turganlar gimnastika narvonidan 4-5 m berida chizilgan 
chiziq oldida turadi. Gimnastika narvonidan har birining yon yog‘ochiga bir xil 
balandlikda qo‘ng‘iroq ilib qo‘yiladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachisining ishorasiga binoan yoki “Marsh!” deyishi 
bilan qatorda birinchi bo‘lib turgan bolalar gimnastika o‘rindig‘iga yugurib 
boradilar va unga chiqib qo‘ng‘iroqni chalib turadilar hamda o‘z qatorlarining 
oxiriga borib turadilar. Tarbiyachi topshiriqni kim hammadan tez, birinchi bo‘lib 
bajarganini ta’kidlaydi. 
Keyin yana ishora qilishadi va boshqa guruh bolalari yugurib ketadilar va 
hokazo. O‘yin so‘ngida tarbiyachi topshiriqni yaxshi udallagan, ya’ni 
kungiroqqagacha epchil chiqib, uni chalib tushgan qatorning bolalrni alohida aytib 
o‘tadi. Bolalar gimnastikan narvoniga chiqib – tushayotganlarida tarbiyachi bolalar 
narvonning har bir pog‘onasiga albatta oyoq qo‘yib chiqishlari va tushishda oxirgi 
pog‘onaga sakrab turmasliklariga diqqatni jalb qiladi. 
Bu o‘yinni o‘tkazayotganda bolalarni ehtiyotlab turadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling