“Kartoshka ekish”
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar sport chizig‘i oldida uch-to‘rt qatorga
saflanadilar. Safda birinchi bo‘lib turgan bolalar qo‘lida ichiga 5-6ti mayda narsa –
kartoshka solingan bittadan xaltacha. Saflarning qarshisida sport chizig‘idan 10-12
metr narida kartoshkalarning soniga qarab doirachalar chiziladi, ya’ni 5-6 ta
(doiracha o‘rniga, faner, kartondan qilingan) doirachani qo‘yish mumkin.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra birinchi bo‘lib turganlar o‘z
doirachalari tomon yuguradilar va unga kartoshkani bittadan qo‘yib chiqadilar,
so‘ngra orqaga bo‘shagan xalta bilan qaytadilar hamda uni o‘z qatoridagi keyingi
o‘yinchiga uzatadilar. Keyingi o‘yinchi esa yugurib borib, doirachalardagi
kartoshkani yig‘ib xaltasiga soladi va orqaga qaytib kelib uni o‘zidan keyingi
turgan bolaga uzatadi. Shunday qilib birlari kartoshkani ekadilar, boshqalari uni
yig‘ib oladi. Topshiriqni tez va xatosiz bajargan bolalar komandasi g‘olib keladi.
O‘yin tarbiyachisining shartli ishorasi bilan boshlanadi; shulardan keyin
o‘ynovchilar qo‘llariga to‘la yoki bo‘shagan xaltachani olguncha yuguradilar.
O‘yin 3-4 marta takrorlanadi.
“Savatga tushir” (basketbol varianti)
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar to‘p bilan savatcha atrofida yarim doira
shaklida turadilar, tarbiyachi ularga to‘pni qanday tashlashni ko‘rsatadi: oyoqlar
biroz bukilgan, to‘pni ikki qo‘llab ushlab, ko‘krak oldida tutiladi – bu dastlabki
xolat qo‘lni oldinga biroz egib – yoy shakli xosil qilgan holda qo‘llarni yuqoriga
ko‘tarib bir yo‘la oyoqlarni ham to‘g‘rilab to‘p irg‘itiladi. Bunda barmoqlarning
yumshoqqina turtkisi bilan to‘p savatga tomon uzatiladi.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachisining ishorasi bilan bolalar qatorda bittadan (6-8
boladan) bo‘lib to‘pni navtba-navbat joyida turib savatchaga tashlaydilar. Ikkinchi
guruh bolalari bu paytda boshqa (4-5-m masofaga bir qo‘llab “To‘pni olib yur!”)
topshiriqni bajaradilar. Tarbiyachisining ishorasiga ko‘ra o‘yinchilar o‘rin
almashadilar va navbatdagi topshiriqni bajarishga kirishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |