O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Kartoshka ekish” 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar sport chizig‘i oldida uch-to‘rt qatorga 
saflanadilar. Safda birinchi bo‘lib turgan bolalar qo‘lida ichiga 5-6ti mayda narsa – 
kartoshka solingan bittadan xaltacha. Saflarning qarshisida sport chizig‘idan 10-12 
metr narida kartoshkalarning soniga qarab doirachalar chiziladi, ya’ni 5-6 ta 
(doiracha o‘rniga, faner, kartondan qilingan) doirachani qo‘yish mumkin. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra birinchi bo‘lib turganlar o‘z 
doirachalari tomon yuguradilar va unga kartoshkani bittadan qo‘yib chiqadilar
so‘ngra orqaga bo‘shagan xalta bilan qaytadilar hamda uni o‘z qatoridagi keyingi 
o‘yinchiga uzatadilar. Keyingi o‘yinchi esa yugurib borib, doirachalardagi 
kartoshkani yig‘ib xaltasiga soladi va orqaga qaytib kelib uni o‘zidan keyingi 
turgan bolaga uzatadi. Shunday qilib birlari kartoshkani ekadilar, boshqalari uni 
yig‘ib oladi. Topshiriqni tez va xatosiz bajargan bolalar komandasi g‘olib keladi. 
O‘yin tarbiyachisining shartli ishorasi bilan boshlanadi; shulardan keyin 
o‘ynovchilar qo‘llariga to‘la yoki bo‘shagan xaltachani olguncha yuguradilar. 
O‘yin 3-4 marta takrorlanadi. 
“Savatga tushir” (basketbol varianti) 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar to‘p bilan savatcha atrofida yarim doira 
shaklida turadilar, tarbiyachi ularga to‘pni qanday tashlashni ko‘rsatadi: oyoqlar 
biroz bukilgan, to‘pni ikki qo‘llab ushlab, ko‘krak oldida tutiladi – bu dastlabki 
xolat qo‘lni oldinga biroz egib – yoy shakli xosil qilgan holda qo‘llarni yuqoriga 
ko‘tarib bir yo‘la oyoqlarni ham to‘g‘rilab to‘p irg‘itiladi. Bunda barmoqlarning 
yumshoqqina turtkisi bilan to‘p savatga tomon uzatiladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachisining ishorasi bilan bolalar qatorda bittadan (6-8 
boladan) bo‘lib to‘pni navtba-navbat joyida turib savatchaga tashlaydilar. Ikkinchi 
guruh bolalari bu paytda boshqa (4-5-m masofaga bir qo‘llab “To‘pni olib yur!”) 
topshiriqni bajaradilar. Tarbiyachisining ishorasiga ko‘ra o‘yinchilar o‘rin 
almashadilar va navbatdagi topshiriqni bajarishga kirishadilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling