O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


“Polda qolib ketma” harakatli o‘yini


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Polda qolib ketma” harakatli o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zalda va sport maydonida o‘tkaziladi. 
Boalalar bilan birga zal yoki maydoncha bo‘ylab yuguradigan tutuvchi tayinlanadi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachi “tutib ol!” deyishi bilan hamma bolalar tutqich 
bermay qochib narsalar (o‘rindiq, kubik va boshqalar) ustiga chiqib oladilar. 
Tutuvchi qochayotganlarni ushlab olishga intiladi. Tutib oluvchining qo‘li tekkan 
bola chetga chiqib turadi. O‘yin oxirida tutilganlar hisoblab chiqiladi va yangi 
tutuvchi tayinlanadi. O‘yin qaytadan boshlanadi. 
“To‘p boshlovchiga” 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar ikki-uch komandaga bulinib doira bo‘lib 
turadilar, har bir doiraning o‘rtasida qo‘lda to‘p ushlagan boshlovchi turadi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan boshlovchi to‘pni ikki 
qo‘llab ko‘krakdan o‘yinchilarga navbatma-navbat tashlaydi va qaytib oladi. To‘p 


56 
hammaga birma-bir tashlab chiqilgach, u to‘pni bosh uzra ko‘tarib “Tamom!” 
deydi. 
“Bir-biriga oshirish o‘yini” 
Tarbiyachi o‘g‘il bolalarga juft-juft bo‘lib olish hamda bittadan to‘p olishni 
va ularni bir-biriga oshirib mashq bajarishni taklif etadi (bolalar orasidagi masofa 3 
m, o‘ng va chap oyoqda bir-biriga oshirish). 
 
“Volanni urib qaytar o‘yini” 
O‘yinga tayyorlanish. Qizlar tarbiyachisining rahbarligida shug‘ullanadilar. 
Ular ham juft-juft bo‘lib oladilar. Birinchining qo‘lida raketka, boshqasida raketka 
hamda volan bo‘ladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachi volanni qanday tashlash, uni raketka bilan o‘rtog‘i 
tomoniga qanday urib yuborishni ko‘rsatadi. U esa uni raketka bilan o‘rtog‘i tomon 
yana qaytarib yuborishi kerak. Muhimi – volanni еrga kam tushurishdir. Keyin 
tarbiyachining ishorasi bilan bolalar o‘rin almashadilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling