“Pingvinlar bo‘lib sakrash”
O‘yinga tayyorlanish. Zalning o‘rtasiga еy va 1,5-2 m masofaga bir nechta
g‘o‘lachalar tashlab qo‘yiladi (g‘o‘lachalar o‘zaro parallel joylashtiriladi). Bolalar
qo‘llanmalar oldida ikki qator bo‘lib turadilar, tarbiyachi ikki bola ishtirokida
mashqni ko‘rsatadi va juftlashtiradi, so‘ngra uning ishorasiga binoan birinchi
juftlik keladi (har bir qatordan bittadan bola) va topshiriqni bajarishga kirishadi va
boshqalar.
Yey tagidan o‘tishda asosiy diqqat yaxshilab bukchayishga ya’ni boshni iloji
boricha tizza tomon engashtirishlariga qaratiladi. Yey tagidan o‘tgach har bir bola
bittadan xaltacha oladi, uni boshiga o‘tishda to‘g‘ri qaddi-qommatni saqlashga
(boshini va gavdani to‘g‘ri tutishga) va xaltachani tushirib yubormaslikni harakat
qiladi.
So‘ngra bolalar ikki qatorga saflanadilar.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasisha ko‘ra tizzalar orasiga qisib olingan
xaltalar bilan belgilangan joygacha (kubiklar, bayroqchalargacha) sakrab boradilar,
xaltachani qo‘lga olib, o‘z komandasinining keyingi o‘ynovchisiga berish uchun
yuguradilar. Mashqni tez va to‘g‘ri bajargan “Pingvinlar” komandasi g‘olib
chiqadi.
“To‘pni ushlab ol o‘yini”
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zalda va sport maydonchada o‘tkaziladi.
O‘yin tavsifi. O‘ynovchilar uchtadan bo‘lib bo‘linadilar. Ikki bola 2-2,5 m
masofada bir-biriga qarab turib, to‘p tashlaydilar, uchinchi bola o‘zaro tashlagan
to‘pni ushlab olishga yoki unga qo‘l tekizishga harakat qiladi. Agar boshlovchi
to‘pga qo‘l tekiza olsa yoki uni ushlab olsa, o‘ynovchilar o‘zaro o‘rin almashadilar
va o‘yin davom ettiriladi. O‘yin tarbiyachisining ishorasiga binoan to‘xtatiladi.
Tarbiyachi bolalarga bo‘ylari va o‘z harakatchanlik imkoniyatlarini
tahminan tengligiga qarab bo‘linishlarini taklif qiladi.
“Chaqqon bo‘l”
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zalda yoki sport maydonchada o‘tkaziladi.
Tarbiyachi keglilarni bir biridan 40 sm uzoqlikda ikki qator qilib qo‘yadi.
O‘yin tavsifi. O‘ynovchilar ikki qatorga saflanib, tarbiyachisining ishorasiga
ko‘ra (bittadan) keglilar orasidan ikki oyoqlab sakraydilar. Bola marra chizig‘iga
еtib, borgach, o‘z safiga yurib keladi. Topshiriqni birinchi bo‘lib turgan ikkinchi
o‘yinchi davom ettiriladi. U qo‘lini boshi uzra 2-3 marta ko‘taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |