O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
“Kim tezroq” 
Bolalar uch-to‘rt qator bo‘lib dastlabki chiziq oldida saflanadilar.
5 m oraliqda keglilar (komandalarning soniga qarab) qo‘yiladi, shundan keyin yana 
bir chiziq (marra chizig‘i) chiziladi. Har bir o‘yinchida bittadan kichik to‘p bo‘ladi. 
Birinchi bo‘lib turganlar tarbiyachisining ishorasiga ko‘ra ikki oyoqda 
buyumgachan sakrab boradilar: so‘ngra to‘pni еrgan urib-urib, ikkinchi finish 
chizig‘iga yurib boradilar, orqaga aylanib o‘yinchilarga yuz bilan turadilar. 
Ikkinchi o‘yinchi sakrashni boshlaydi va hokazo. Topshiriqni tez va to‘g‘ri 
bajargan bolalar (2 marta) o‘yinda yutib chiqadi. 
“To‘pni devorga urib” 
O‘yinchilarni bir guruhi devordan 3 m masofada turib to‘pni devorga uradi, 
to‘p еrga tushib sakrab chiqqach, ikki yoki bir qo‘llab ushlab oladi. Har bir 
o‘yinchi topshiriqni erkin sur’atda bajaradi. Ikkinchi guruhdagi bolalar to‘pni o‘ng 
yoki chap qo‘l bilan urib yuradilar. 
“Quvlashmachoq” harakatli o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar maydonining bir tomonidan chiziq orqasida 
turadilar. Maydonning ikkinchi tomoniga ham chiziq chizilgan, maydonning yon 
tomonidan tutib oluvchi turadi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining “Bir, ikki, uch – yugur!” degan so‘ziga ko‘ra, 
bolalar bir tomondan ikkinchi tomonga yugurib o‘ta boshlaydilar, tutib oluvchilar 
esa ularning chiziqni bosib o‘tgunlariga qadar tutishga (qo‘l tekizishga) harakat 
qiladi. Ushlaganlar hisoblab chiqiladi va o‘yin takrorlanadi. Bolalar ikki-uch marta 
yugurib o‘tganlaridan keyin epchil chiqqan, biron marta ham tutilmagan boshqa 
tutuvchi tayinlanadi. 
“Bayroqchaga kim tez boradi” 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar uch qatorga teng bo‘linadilar. Dastlabki 
chiziqdan 2 m nariga gardish qo‘yiladi, chizimcha ham tortishi mumkin (poldan 
50 sm balandlikda), shundan yana 3 metr nariga taglikli bayroqcha qo‘yiladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan yoy yoki gardish tagidan 
o‘tish, yugurib kelib, o‘z qatorining oxiriga borib turib olish topshirig‘i beriladi. 
Tarbiyachi har bir qatordagi topshiriqni tez va to‘g‘ri uddallagan bolani hisobga 
olib boradi, o‘yin tugagach, ko‘p ochko to‘plagan komandani aytadi. 


61 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling