O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Tashlab ber va ilib ol” 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar ikki qtorga saflanadilar (3 m oraliqda). Ikki 
qatorda teng bo‘lgan masofada o‘rtasidan “yo‘lakchi” (kengligi 0.5 m) o‘tkaziladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachisining ishorasiga ko‘ra qo‘llarida to‘p bo‘lgan 
komandaning o‘yinchilar o‘ng qo‘l bilan “yo‘lakchaga” to‘p tashlaydi, ikkinchi 
safdagi o‘yinchilar esa to‘pni еrga urilib sakrab chiqqandan keyin ikki qo‘llab 
ushlab oladilar. Ushbu mashqda ko‘z bilan mo‘ljal olish, chaqqonlik shuningdek 
harakat muvofiqligi rivojlanadi. 
“Tegib ketmay sakrab o‘t” 
Bolalar ikki-uch qator bo‘lib saflanadilar. O‘yinchilar ikki oyoqda tinch yoki 
dam olmay, yonlamasiga goh o‘nga, goh chapga, oldinga harakatlanib chizimchaga 
(uzunligini 4 m) sakraydilar. O‘z qatorlarining oxiriga qadam tashlab yurib kelib 
turadilar. 
“Juftingni tut” 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar bir birlaridan 3-4 qadam narida ikki safga 
saflanadilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining “Yugur!” degan ishorasiga binoan birinchi 
safdagi bolalar qochib ketadilar, ikkinchi safdagi bolalar esa birinchi safdagi 
bolalar o‘z juftliklarini belgilagan finish chizig‘idan o‘tib olgunlaricha (masofa 12 
m) tutib olish uchun quvlaydilar. Tarbiyachi tutilganlarni hisoblab chiqadi va o‘yin 
takrorlanadi. Bolalar qayta yugurib o‘tganlaridan so‘ng o‘zaro o‘rin almashadilar. 
“Muvozanat saqlash” 
Muvozanat saqlash - gimnastika o‘rindig‘idan boshga kopga qo‘llarini belga 
qo‘yib yurish. 
Tarbiyachi ikkita xodacha qo‘yib, bir biriga (poldan 40 sm balandlikda) 
chiziqcha tortadi, zalning uzunasiga ikkita gimnastika o‘rindig‘i qo‘yadi. Bolalarga 
ko‘rsatib va tushuntirib berilgach, uch marta ketma-ket chiziqcha ostidan o‘tadilar, 
keyin esa ikki qator bo‘lib ketma ket usulda muvozanat saqlash mashqini 
bajarishga kirishadilar. Dastlab birinchi guruh bolalari bajaradilar, bu vaqtda 


60 
ikkinchi guruh bolalalri safda turib kuzatadilar, so‘ngra tarbiyachisining ishorasiga 
binoan topshiriqni keyingi guruh bolalari bajaradilar. 
Bolalar tagidan o‘tish va muvozanat saqlash mashqlarini bajarib 
bo‘lganlaridan so‘ng jihozlar chetga olib qo‘yiladi va tarbiyachi dastlabki va 
sakrab 
borish 
kerak 
bo‘lgan 
chiziqni 
belgilaydi. 
Bolalar 
topshiriqni 
tarbiyachisining ishorasiga binoan ikki qator bo‘lib bajaradilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling