55
O‘yinga tayyorlanish. Maydonchasining turli chekkalariga
tarbiyachi turli
rangdagi keglilar qo‘yadi. O‘ynovchilar uning atrofida zich bo‘lib turadilar.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining birinchi ishorasiga ko‘ra bolalar maydon
bo‘ylab tarqalib yuguradilar. Tarbiyachining ikkinchi “Tanlangan rangini top”
degan ishorasiga binoan boalalr faqat o‘zlari
tanlagan rangini topish emas, balki
keglilarni ag‘darib yubormasliklarni ham lozim. To‘g‘ri doira yasagan buyumlarga
tegib
ketmagan, doirada o‘z o‘rnini adashtirib yubormagan komanda o‘yinchilari
g‘olib chiqadilar.
“Qushlar uchib o‘tmoqda haraktli o‘yini”
O‘yinga tayyorlanish. Zalning bir tomonida bolalar turadi – ular qushlar.
Zalning ikkinchi tomonida jixozlar (gimnastika o‘rindiqlari, kubik va boshqalar) –
bular daraxtlar, ularga uchib kelib ko‘nadi.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan: “Qushlar uchib ketmoqda”-
bolalar qo‘llari bilan qanotlar singari harakat qilib, zal bo‘ylab
yuradilar; keyingi
“Bo‘ron!” ishorasiga binoan ular ko‘tarilib, “daraxtlar orasiga” bekinishiga harakat
qiladilar. Tarbiyachi: “Bo‘ron tindi!” deyishi bilan bolalar tepalikdan tushadilar va
yana zal bo‘ylab yugurib yuradilar (qushlar o‘yinda davom etadilar). O‘yin
chog‘ida tarbiyachi majburiy tarzda ayniqsa ular
balandlikdan tushganlarida
bolalarni asrab avaylaydi.
“Qo‘lga tushma” harakatli o‘yin
O‘yinga tayyorlanish. O‘yinchilar doira shaklida tashlab qo‘yilgan
chizimcha atrofida joylashadilar. O‘rtada ikkita boshlovchi bo‘ladi.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan bolalar ikki oyoqda doira
ichiga sakrab kiradilar. Bunda iloji boricha tutib
oluvchilarga yaqinlashishga
harakat qiladilar. Tutuvchi kimni ushlab olgan bo‘lsa unga jarima ochkosi beriladi.
40-50 soniyadan so‘ng o‘yin to‘xtatilib, yutkizganlar hisoblab chiqiladi va yangi
tutuvchi tayinlanib, o‘yin boshqatdan boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: