O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Qarmoq” harakatli o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar doira hosil qilib turadilar, tarbiyachi 
uning o‘rtasida qo‘lida uchiga qumli halta bog‘langan arqon ushlab turadi. 
Tarbiyachi qo‘lidagi qumli xaltaga boylangan arqonni doira bo‘ylab, еrga tegar-
tegmas qilib aylantira boshlaydi, bolalar esa xaltachalarni oyoqlariga tegizmaslikka 
harakat qilibi, ikki oyoqda yuqoriga sakrab turadilar. Xaltachani ikki-uch bor 
aylanatirgach, tarbiyachi bir oz dam beradi va shu paytda xaltacha oyog‘iga tekkan 
bolalarni hisoblab chiqib, aytadi hamda sakrashni bajarishga doir zarur 
ko‘rsatmalar beradi. 
 
“Qo‘lga tushma o‘yini” 
O‘yinga tayyorlanish. Yerga yoki polga doira chiziladi yoki arqon bilan 
belgilanadi. Doiraning o‘rtasida 2-3 ta boshlovchi turadi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan bolalar doira ichiga turib 
ikki oyoqda sakraydilar, boshlovchi yaqinlashgach orqaga qarab sakraydilar. 
Agar birorta o‘yinchiga boshlovchining qo‘li tegsa u tutilgan hisoblanadi
ammo o‘yindan chiqib ketmaydi. 30-40 soniyadan so‘ng o‘yin to‘xtatiladi, 
tutilganlar hisoblab chiqiladi, hech ham tutilmaganlar o‘ynovchilardan yangi 
boshlovchi tayinlanadi va o‘yin takrorlanadi. 
“To‘pni devorga ur” 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar 3 m masofada devorning (bu fanerdan yoki 
taxtadan yasalgan bo‘lishi mumkin) oldiga qator bo‘lib turadilar, har bir bolaning 
qo‘lida bittadan kichkina to‘p bo‘ladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan boalalr to‘pni devorga 
otadilar va u еrga tushib sakragich, ikki qo‘llab ilib oladilar. 8-10 marta 
takrorlanadi. 
Mashq bajarishni sur’ati o‘rtacha. O‘yin kichik-kichik guruhgacha bo‘lingan 
bolalar guruhi bilan bajariladi. 
“Tezda ol harakatli o‘yini” 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zal yoki sport maydonda o‘tkaziladi. 
Bolalar doira hosil qilib turadilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan buyumlar (o‘rtaga kubiklar, 
tosh va boshqa narsalar qo‘yiladi) atrofidan yuradilar yoki yuguradilar. Qo‘yilgan 
buyumlar bolalarning soniga qaraganda bir-ikkita kam bo‘ladi. Keyin “Tezda ol” 


54 
ishorasi berilishi bilan har bir bola buyum olib, uni boshi uzra ko‘tarishi kerak. 
Kimki buyum ola olmagan bo‘lsa, u yutqizgan hisoblanadi. O‘yin 2-3 marta 
takrorlanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling