O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Pingvinlar bo‘lib sakrash” 
O‘yinga tayyorlanish. Zalning o‘rtasiga еy va 1,5-2 m masofaga bir nechta 
g‘o‘lachalar tashlab qo‘yiladi (g‘o‘lachalar o‘zaro parallel joylashtiriladi). Bolalar 
qo‘llanmalar oldida ikki qator bo‘lib turadilar, tarbiyachi ikki bola ishtirokida 
mashqni ko‘rsatadi va juftlashtiradi, so‘ngra uning ishorasiga binoan birinchi 
juftlik keladi (har bir qatordan bittadan bola) va topshiriqni bajarishga kirishadi va 
boshqalar. 
Yey tagidan o‘tishda asosiy diqqat yaxshilab bukchayishga ya’ni boshni iloji 
boricha tizza tomon engashtirishlariga qaratiladi. Yey tagidan o‘tgach har bir bola 
bittadan xaltacha oladi, uni boshiga o‘tishda to‘g‘ri qaddi-qommatni saqlashga 
(boshini va gavdani to‘g‘ri tutishga) va xaltachani tushirib yubormaslikni harakat 
qiladi. 
So‘ngra bolalar ikki qatorga saflanadilar.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasisha ko‘ra tizzalar orasiga qisib olingan 
xaltalar bilan belgilangan joygacha (kubiklar, bayroqchalargacha) sakrab boradilar, 
xaltachani qo‘lga olib, o‘z komandasinining keyingi o‘ynovchisiga berish uchun 
yuguradilar. Mashqni tez va to‘g‘ri bajargan “Pingvinlar” komandasi g‘olib 
chiqadi. 
 
 
 
“To‘pni ushlab ol o‘yini” 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zalda va sport maydonchada o‘tkaziladi. 
O‘yin tavsifi. O‘ynovchilar uchtadan bo‘lib bo‘linadilar. Ikki bola 2-2,5 m 
masofada bir-biriga qarab turib, to‘p tashlaydilar, uchinchi bola o‘zaro tashlagan 
to‘pni ushlab olishga yoki unga qo‘l tekizishga harakat qiladi. Agar boshlovchi 
to‘pga qo‘l tekiza olsa yoki uni ushlab olsa, o‘ynovchilar o‘zaro o‘rin almashadilar 
va o‘yin davom ettiriladi. O‘yin tarbiyachisining ishorasiga binoan to‘xtatiladi. 
Tarbiyachi bolalarga bo‘ylari va o‘z harakatchanlik imkoniyatlarini 
tahminan tengligiga qarab bo‘linishlarini taklif qiladi. 
“Chaqqon bo‘l” 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zalda yoki sport maydonchada o‘tkaziladi. 
Tarbiyachi keglilarni bir biridan 40 sm uzoqlikda ikki qator qilib qo‘yadi. 
O‘yin tavsifi. O‘ynovchilar ikki qatorga saflanib, tarbiyachisining ishorasiga 
ko‘ra (bittadan) keglilar orasidan ikki oyoqlab sakraydilar. Bola marra chizig‘iga 
еtib, borgach, o‘z safiga yurib keladi. Topshiriqni birinchi bo‘lib turgan ikkinchi 
o‘yinchi davom ettiriladi. U qo‘lini boshi uzra 2-3 marta ko‘taradi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling