51
ikki qo‘lini oldinga uzatib turadi, ya’ni bu bilan qo‘lida to‘p yo‘qligini ko‘rsatishi
kerak. O‘yin boshlovchi topgan bo‘lsa, u to‘pni
olib doiraga turadi, qo‘lida to‘p
bo‘lgan bola esa endi o‘yin boshlovchi bo‘lib qoladi. O‘yin 2-3 marta takrorlanadi.
“Tez qatorga” o‘yin mashqi
Bolalar uch qatorga sarflanadilar (mo‘ljal olish uchun turli rangdagi
buyumlar-kubiklar, keglilar qo‘yish mumkin), tarbiyachisining
ishorasi bilan
bolalar turli tomonlarga yugurib ketadilar (childirmadan foydalansa bo‘ladi).
Keyingi ishora berilganda (25-30 soniyadan keyin) childirmani uch marta o‘riladi.
Har bir qatordagi o‘z o‘rnini topib turishi kerak. O‘z o‘rnini tezda topib
turgan qator o‘yinda g‘olib keladi. O‘yin 2-marta takrorlanadi.
“Pingvinlar”
O‘ynovchilar doira bo‘ylab turadilar. Har bir bolaning qo‘lida
bittadan
xalqacha. Tarbiyachining ishorasi bilan bolalar xalqachalarini tizzalari orasiga qilib
oladilar va doira bo‘ylab ikki oyoqlab sakraydilar (bolalar orasidagi masofa, ular
bir birlariga xalaqit bermasliklari uchun 0,5 mdan kam bo‘lmasligi lozim). Sakrash
oldidan
bir tomonga qarab bajariladi, keyin to‘xtab, aylanib boshqa tomonga
takrorlanadi.
“Tegizmay qolma”
Bolalar ikkita-uchta doira bo‘lib
turadilar, har bir bolaning qo‘lida bittadan
xaltacha bo‘ladi. Doiraning o‘rtasiga bolalardan 2,5 m masofadan –
gardish
qo‘yiladi. Tarbiyachining ishorasi bilan bolalar xaltachani gardishga otadilar va
unga tushurishga harakat qiladilar. Tarbiyachi xaltachani gardishga tushurgan
boalalrning
nomini aytadi, so‘ngra bolalar xaltachani olgani yuguradilar (ikkita-
uchtagacha xaltacha olish mumkin). Mashq 3-4 marta takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: