O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“To‘pni uzat” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar uch-to‘rt komandaga bo‘linib 
saflanadilar. Birinchi bo‘lib turgan o‘yinchilarning qo‘lida bittadan katta (diametri 
20-25 sm) to‘p bo‘ladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan to‘p ikki qo‘llab (boshdan 
oshirib) orqada turganga uzatiladi. Safda oxirida turgan o‘ynovchi to‘pni olishi 
bilanoq tezda saf oldiga yugurib kelib turadi va to‘pni yana orqaga uzata boshlaydi. 
Mashqni bajarishni birinchi bo‘lib tugatgan va to‘pni qo‘lidan bir marta ham 
tushirib yubormagan komanda g‘olib chiqadi. Mashq ikki marta takrorlanadi. 
 
“Tegib ketma” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanishi. Keglilar 40 sm oralatib (5-6 ta) birbiriga parallel 
holda ikki qator qilib terib chiqiladi. O‘ynovchilar ikki qator bo‘lib turadilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachi topshiriqni tushutiradi va uni har bir komandadan 
ikkitadan o‘yinchilar bajaradilar. Keyin bolalar ikki saf bo‘lib, ketma-ket bo‘lib 
keglilarga tegib ketmay “ilon izi” tarzida yugurib o‘tadilar. Safdagi barcha bolalar 
yugurishni tugatganlardan keyin, safda birinchi bo‘lib turgan bola qo‘lini 
ko‘taradi. O‘yin 2-3 marta takrorlanadi. 
“Biz quvnoq bolalarmiz” harakatli o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar maydonning bir tomonida chiziq orqasida 
turadilar. Maydonning qarama qarshi tomonidan ikkinchi chiziq o‘tkaziladi. 
Maydonning o‘rtasida tutuvchi turadi. 
O‘yin tavsif. Tarbiyachini ishorasi bo‘yicha o‘ynovchilar xor bo‘lib mana 
bunday deydilar. 
“Bolalarimiz ko‘p quvnoq, 
Chopishga chanqoq – chanqoq 


53 
Qani, quvlab еting-chi, Bir, ikki, uch - tuting-chi!” 
“Tutib ol!” so‘zi yangrashi bilan bolalar maydonning ikkinchi tomoniga 
yugurib o‘tadilar, tutuvchi ularni ushlab oladi. Tutuvchi kimni ushlab olishga 
ulgursa, u tutilgan hisoblanadi va chiziqdan tashqariga chiqadi hamda yugurib 
o‘tganda bir marta ishtirok etmaydi. Yugurib o‘tish ikki marta takrorlangach 
boshqa tutuvchi tayinlanadi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling