Kunduz va kechasi
Orasi uch-to‘rt metr bo‘lgan ikki chiziq chiziladi. Shu ikki chiziqlarning
birida qizlar va ikkinchisida o‘g‘il bolalar turishadi. O‘yin boshi ikki komanda
markazida turadi. O‘g‘il bolalar komandasi “Kechasi”, qizlar komandasi –
“Kunduzi” deb nomlanadi. “Kechasi” degan komanda berilishi bilan o‘g‘il bolalar
qizlarni tuta boshlaydilar. “Kunduz” komandasi berilishi bilan qizlar o‘g‘il
bolalarni tuta boshlaydilar. Komanda berilishi navbatma-navbat o‘zgarib turadi.
Bolalar bir-birlarini itarmasdan, tutishlari kerak.
O‘YIN QOIDASI. Tutilgan bolalar qarama-qarshi komandalarga o‘tadilar.
Har bir komandada uchta-to‘rtta bola qolguncha o‘yin davom etadi.
“Qopqon” harakatli o‘yini
O‘yin o‘ynovchilar ikki teng bo‘lmagan guruhga bo‘linadilar. O‘zlari
tahminan (o‘ynayotgan bolalarning uchdan biri) doira – qopqon hosil qiladilar.
Boshqalari sichqon bo‘lib doirada tashqarida bo‘ladilar.
Qopqon hosil qilib turgan boalalar, bir-birlarining qo‘llaridan ushlab, goh
chap tomonga, goh o‘ng tomonga yurib quyidagi she’rni aytadilar.
“Sichqonlardan xalok jon
Qochib ko‘ring ayyorlar,
Ketdi ular kurib
Tushasiz endi qo‘lga
Tumshug‘ini tiqdi haryon,
Sizni tezroq, ov qirar
Xaryon qiron keltirib.
Tutib boring bir yo‘la!
She’r tugagach, bolalar yurishdan to‘xtaydilar va ushlagan qo‘llarini
yuqoriga ko‘taradilar. Sichqonlar qopqon ichiga kirib, shu zaxotiyoq ikkinchi
tomondan qaytib chiqadilar. Tarbiyachining “Paq” deyishi bilan doirada turgan
bolalar qo‘llarini pastga tushuradilar va cho‘qqayib o‘tirib oladilar – qopqon
bekiladi. Doiradan chiqib ulgurmaganlar – “Sichqonlar” tutilgan hisoblanadilar.
Tutilganlar ham doiraga qo‘shilib turadilar (qopqonning hajmi kichiklashadi).
Sichqonlarning ko‘p qismi tutilgan, bolalar rollarini almashadilar, o‘yin qaytadan
boshlanadi.
O‘yini oxirida tarbiyachi chaqqon sichqonlarni – doirada biror marta ham
qolmaganlarni alohida aytib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |