O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
 
Bir, ikki, uch! Koptokni tez ol! 
 
 
To‘rt, besh, olti! Mana u bu еrda! 
 
 
Yetti, sakkiz, to‘qqiz! Kim otishni biladi? 
 
“Men !” 
“MEN!” –degan o‘ynovchilar qo‘lida koptok bo‘lsa doira o‘rtasiga chiqib 
shunday deyishadi: “Bir, ikki, uch – yugur!”. 
Bolalar turli tomonlarga tarqalib, yugurib ketadilar, boshqaruvchi esa 
(joyidan qimirlamasdan) ularga koptokni otadi. Koptok qaysi bolaga tegsa, o‘sha 
bola o‘yindan chiqib ketadi. Tarbiyachi: “Doiraga tezroq yugur”, degandan keyin 
bolalar doira bo‘lib turib oladilar va o‘yin boshqatdan boshlanadi. Lekin boshqa 
tomonga beriladi. O‘yindan “chiqqan” bolalar, yangi doira hosil bo‘lganda o‘yinga 
qatnashadilar.
KO‘RSATMALAR. Koptokni faqat tarbiyachining signali bo‘yicha berish 
mumkin. Boshqaruvchi qaysi bolaga koptok bilan tegsa, u tezda belgilangan joyga 
o‘tishi kerak. 
O‘zbek xalq o‘yinlari 
 
Oq terakmi, ko‘k terak 
Bolalar barobar ikki komandaga bo‘linib, zal yoki maydonning ikki qarama-
qarshi tomonida saf tortib, komanda a’zolari bir-birlari bilan qo‘l ushlashib 
turadilar. Rahbarning signali bilan komandalardan biri ikkinchi komandaga qarab: 
“Oq terakmi, ko‘k terak?” – deydi. Ikkinchi komanda ularga javoban: “Bizdan 
sizga kim kerak?” – deydi. Birinchi komanda: “falonchi kerak”, - deb qarshi 
komanda bolalaridan birining nomini aytadi. Nomi aytilgan bola komanda 
tomonga yuguradi. U qo‘l ushlashib turgan bolalarning qo‘lini uzishi kerak. Agar 
uzolsa, shu qo‘li uzilgan bolalardan birini o‘z komandasiga olib ketadi. Agar uza 
olmasa, o‘zi shu komandada qoladi. Belgilangan vaqt ichida qaysi komanda 
ko‘proq bola to‘plasa shu komanda yutgan hisoblanadi. 


49 
KO‘RSATMALAR. Qo‘llarni (zanjirni) bir zarba bilan uzish kerak. Takror 
urinishga yo‘l qo‘yilmaydi. Zanjir faqat ko‘krak bilan urib uziladi. Komanda bir 
paytda raqib komandaning ikki-uch o‘yinchisini chaqirishi mumkin. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling