46
Bo‘shliqda chamalash o‘yinlari
Kim ketdi
Bolalar davra qurib yoki yarim doira shaklida turadilar.
Tarbiyachi o‘yinda qatnashayotgan bolalardan biriga o‘z yonida turgan (5-6)
bolalarni eslab qolishni, keyin honadan chiqib turishni yoki burilib ko‘zini yumib
turishni taklif qiladi. Bolalardan biri yashirinib oladi. Keyin tarbiyachi: “Qani, top-
chi, kim yo‘q?”, - deydi.
Agar bola topsa, uning o‘rniga boshqa bola tayinlanadi.
Agar
topa olmasa, yana o‘girilib turadi va yashiringan bola joyiga qaytib turadi.
Keyin topuvchi bola uning nomini aytishi lozim. O‘yin 4-5 marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Bolalar safdan chiqib, yashiringan kim ekanligini aytib
bermasliklari kerak. Hech kim yashirinmasligi ham mumkin.
U holda qidirib
topuvchi bola hamma joy-joyida turganligini aytishi kerak.
Qayerga yashirilganini top
Bolalar xona bo‘ylab turadilar. Tarbiyachi bolalarga bayroqchani ko‘rsatib,
hozir uni yashirib qo‘yishni aytadi. Bolalar o‘girilib,
yuzlarini devorga burib
turadilar. Tarbiyachi bayroqchani yashiradi va “Bo‘ldi”, - deydi.
Bolalar
yashirilgan bayroqchani qidiradilar. Bayroqchani birinchi bo‘lib topgan bola o‘yin
takrorlangan vaqtda uni yashiruvchi bo‘ladi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Agar bolalar bayroqchani
uzoq vaqtgacha topa
olmasalar, tarbiyachi yashirilgan joyga kelib turadi-da
shu atrofdan qidirib
ko‘rishni taklif qiladi. Bayroqchani bola yashiradigan bo‘lsa, tegishli joy topishda
unga yordam berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: