43
Quyonjon yuzini yuvar,
Balki mehmonga borar.
Avval burnin,
Keyin og‘zin, -
Chaydi u rosa.
Quloqlarin ham yuvib,
Artindi toza!
Quyon tekstga yarasha harakatlar qiladi. Keyin u bolalardan birortasining oldiga
ikki oyoqlab sakrab-sakrab keladi. Quyon kimning oldiga kelib to‘xtagan bo‘lsa,
o‘sha bola doiraning o‘rtasiga kelib turadi. O‘yin 5-6 marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Doirada bir vaqtning o‘zida bir necha quyon 4-5 bola
turishi ham mumkin. Ular o‘yin topshiriqlarini baravar bajaraveradilar. Bu bolalar
faolligini oshiradi.
Tulki tovuqxonada
Tovuqlar tovuqxonadagi qo‘noqdan joy oladilar (bolalar maydonchaning bir
tomoniga qo‘yilgan stullarda turishadi). Maydonchaning
qarama-qarshi tomonida
tulkining ini bo‘ladi. Maydonchaning qolgan barcha qismi hovli hisoblanadi. Tulki
inida o‘tiradi, tovuqlar esa hovli bo‘ylab yuradilar, yuguradilar,
qanot qoqadilar,
don chuqiydilar. Tarbiyachining “Tulki!” degan signali bo‘yicha tovuqlar qochib
ketadilar, o‘z inlariga bekinib oladilar va qo‘noqqa
uchib chiqadilar, tulki esa
qunoqqa chiqib ulgurmagan tovuqlarni tutib olishga va ulardan birini o‘z iniga olib
qochishga harakat qiladi (asta-sekin qo‘lini tegizadi). Tutilgan tovuqni
tulki iniga
olib ketadi. O‘yin qaytadan tiklanadi. Tulki belgilangan miqdordagi tovuqlarni
tutib bo‘lgach, o‘yin tamom bo‘ladi. O‘yin 4-5 marta takrorlanadi.
KO‘RSATMALAR. Stullar, kublar va boshqa shu kabi buyumlar qo‘noq-
sifatida xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: