O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Emaklash va tirmashish o‘yinlari 
 
Podachi bilan poda 
Bolalar podani ifoda etishadi (sigir, buzoqlar). Podachi tayinlanadi. Unga 
podachi kiyadigan telpak, qo‘liga tayoq va qo‘bizcha beriladi. Poda molxonada 
to‘planadi. Podachi uzoqroqda turadi. Tarbiyachi bunday deydi: 
Cho‘pon ertalab turib,
 
 
 
Karnay chalar: “Du-du-du-du!”. 
 
 
 
Sigir – buzoq jo‘r bo‘lib, 
 
 
 
Ma’rashar: “Mo-mo-mo-oo!”. 


44 
“Du-du-du-du” ovozini eshitishi bilan podachi qo‘liga nayni olib chala 
boshlaydi. “Mo-mo-mo-oo!” tovushidan keyin buzoqlar ma’rashadi. Keyin bolalar 
cho‘kkalab turishadi va podachi tomon emaklab borishadi. U sigir – buzoqlarni 
dalaga (maydonchaning narigi tomoniga) haydaydi. U еrda poda bir oz boqilgach, 
podachi ularni yana molxonaga qaytaradi.
KO‘RSATMALAR. O‘yin uchun keng joy kerak. Bolalar bir joyda g‘uj 
bo‘lib turmasliklari lozim.
Mushukchalar va kuchuk bolalar 
Bolalar ikkita zvenoga ajralib mushuk va kuchuk bolalari bo‘ladilar. 
Mushuk bolalari gimnastika devori oldida, kuchuk bolalari esa maydonning boshqa 
tomonidagi gimnastika skameykasi ortidagi uychalarida o‘tiradilar. Tarbiyachi 
mushukchalarga еngil va asta yugurishni taklif etadi. “Kuchukchalar!” signal 
bo‘yicha esa kuchuk bolalari skameykadan oshib o‘tib, mushukchalar tomon “vov-
vov”, - deb, yuguradilar. Shu vaqt mushukchalar esa “miyav”lab gimnastika devori 
tomon yugurib unga tirmashadilar. Kuchukchalar esa uylariga qaytadilar. 2-3 
o‘yindan so‘ng bolalar rollarini almashtirib o‘yinni davom ettiradilar.
KO‘RSATMALAR. O‘yin uchun keng maydon tanlash kerak. Skameyka va 
gimnastika devorining mustahkamligi tekshirilishi kerak. Agar gimnastika 
devorchalarining pog‘onalari kam bo‘lsa, o‘yinga hamma bolalarni taklif qilish 
shart emas. 
Qushlar uchadi 
Bir gala qushlar maydonchaning bir chetiga to‘planadi (bolalar tarqalib 
turishadi), ular bir nechta zinapoyasi bo‘lgan gimnastika devorchasi qarshisida 
turishadi. Tarbiyachining “Qani uchaylik!” degan signali bilan qanot qoqadilar va 
maydoncha bo‘ylab uchib ketadilar. “Bo‘ron” degan signali berilishi bilan qushlar 
daraxtlarga tomon uchadilar (devorchalarga chiqadilar). Tarbiyachi: “Bo‘ron tindi” 
deyishi bilan qushlar daraxtlardan sekin, yana ucha boshlaydilar. O‘yin 3-4 marta 
takrorlanadi. 
KO‘RSATMALAR. Gimnastika devorchasidan tushayotganda sakrash 
mumkin emas. Agar devorcha zinapoyalari kamroq bo‘lsa, o‘yinga barcha 
bolalarni baravar jalb qilmaslik kerak. Devorcha o‘rniga stul, skameyka va boshqa 
buyumlardan ham foydalanish mumkin.

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling