O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
To‘qmoqni (ur) yiqit 
O‘ynovchilar chiziqning narigi tomonida turadilar, chiziqdan 2-3 m. narida 
har bir bola qarshisiga to‘qmoq qo‘yiladi. Bolalarning qo‘llarida koptok bo‘ladi. 
Bolalar signal bo‘yicha qo‘llaridagi koptokni to‘qmoqqa qarab yumalatib, uni urib 
yiqitishga harakat qiladilar. Navbatdagi signal berilishi bilan ular borib koptoklarni 
olib keladilar, yiqitilgan to‘qmoqlarni turg‘azib qo‘yadilar. O‘yin takrorlanadi. Har 
kim o‘zicha to‘qmoqni necha marta urib yiqitilganligini hisoblab boradi.
KO‘RSATMALAR. O‘yin topshirig‘ini har xil qilib berish kerak. Koptokni 
o‘ng qo‘l bilan, chap qo‘l bilan, ikki qo‘llab yumalatish lozim. Koptokni oyoq 
bilan yumalatib yuborish ham mumkin. 


46 
Bo‘shliqda chamalash o‘yinlari 
 
Kim ketdi 
Bolalar davra qurib yoki yarim doira shaklida turadilar.
Tarbiyachi o‘yinda qatnashayotgan bolalardan biriga o‘z yonida turgan (5-6) 
bolalarni eslab qolishni, keyin honadan chiqib turishni yoki burilib ko‘zini yumib 
turishni taklif qiladi. Bolalardan biri yashirinib oladi. Keyin tarbiyachi: “Qani, top-
chi, kim yo‘q?”, - deydi. Agar bola topsa, uning o‘rniga boshqa bola tayinlanadi. 
Agar topa olmasa, yana o‘girilib turadi va yashiringan bola joyiga qaytib turadi. 
Keyin topuvchi bola uning nomini aytishi lozim. O‘yin 4-5 marta takrorlanadi. 
KO‘RSATMALAR. Bolalar safdan chiqib, yashiringan kim ekanligini aytib 
bermasliklari kerak. Hech kim yashirinmasligi ham mumkin. U holda qidirib 
topuvchi bola hamma joy-joyida turganligini aytishi kerak.
Qayerga yashirilganini top 
Bolalar xona bo‘ylab turadilar. Tarbiyachi bolalarga bayroqchani ko‘rsatib, 
hozir uni yashirib qo‘yishni aytadi. Bolalar o‘girilib, yuzlarini devorga burib 
turadilar. Tarbiyachi bayroqchani yashiradi va “Bo‘ldi”, - deydi. Bolalar 
yashirilgan bayroqchani qidiradilar. Bayroqchani birinchi bo‘lib topgan bola o‘yin 
takrorlangan vaqtda uni yashiruvchi bo‘ladi. O‘yin 3-4 marta takrorlanadi. 
KO‘RSATMALAR. Agar bolalar bayroqchani uzoq vaqtgacha topa 
olmasalar, tarbiyachi yashirilgan joyga kelib turadi-da shu atrofdan qidirib 
ko‘rishni taklif qiladi. Bayroqchani bola yashiradigan bo‘lsa, tegishli joy topishda 
unga yordam berish kerak.

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling