O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

 
Ermak o‘yinlari 
 
Obruchdan - obruchga (gardish) 
Bolalar ikki guruhga bo‘linib, qarama-qarshi tomonga turib oladilar. Ular 
o‘rtasiga butun maydoncha bo‘ylab doirachalar chizadilar (ular orasidagi masofa 
turlicha: 10, 20, 30, 40 sm. bo‘lishi mumkin). Tarbiyachi maydonchaning u yoki 
bu tomonidan bir necha bolalarni chaqiradi. Bolalar doirachadan-doirachaga 
sakrab, maydonchaning boshqa tomoniga еtib boradilar. Hamma ishtirokchilar 
sakrayotganlar mashqlarni to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bajarayotganliklarini kuzatib 
turadilar. Keyin ishtirokchilar sakraydilar. 
KO‘RSATMALAR. Vazifani turlicha qilish mumkin: doiradan-doiraga ikki 
oyoqlab sakrash. Bolalarni ikki komandaga ajratish mumkin va ularga qaysi 
komanda tez yaxshi sakrayotganini tushuntirish kerak. 
Bog‘la еch 
Bu o‘yinda 10-12 ta bola ishtirok etadi. Bolalar 2 qatorga parallel bo‘lib, 
turib oladilar. Komandadan 2-3 m. uzoqroqda ikkita stulcha qo‘yilgan, stulchalarga 
rangli lentalar bog‘lab qo‘yiladi. Signal bo‘yicha birinchi turgan bolalar shu 
lentalarni еchib, o‘zidan keyingi bolaga beradi, o‘zi esa uning orqasiga turib o‘tib 
oladi. Lentani olgan bola yugurib borib stulchaga lentani bog‘lab ketadi. Boshqa 
bolalar ham huddi shu vazifani bajaradilar. Boshlovchi bola birinchi bo‘lib tursa, 
shu komanda yutib chiqqan bo‘ladi.


48 
KO‘RSATMALAR. O‘yin uchun keng joy tanlanadi. Yugurib kelgan bola 
qo‘lini keyingi bolaga tegizgandan keyingina, u bola yugurishi mumkin. Bolalar 
lentani qattiq bog‘lab qo‘ymasliklari kerak. 
Koptokni uzat 
Ishtirokchilar doira hosil qiladilar, ular orasidagi masofa bir qadam bo‘ladi. 
Tarbiyachi o‘ynovchilardan biriga koptok beradi va signal bo‘yicha bolalar 
koptokni doira bo‘ylab bir xil yo‘nalishda bir-birlariga uzatadilar. Uzata turib 
shunday deydilar: 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling