O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Tanlangan rangni top” 


55 
O‘yinga tayyorlanish. Maydonchasining turli chekkalariga tarbiyachi turli 
rangdagi keglilar qo‘yadi. O‘ynovchilar uning atrofida zich bo‘lib turadilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining birinchi ishorasiga ko‘ra bolalar maydon 
bo‘ylab tarqalib yuguradilar. Tarbiyachining ikkinchi “Tanlangan rangini top” 
degan ishorasiga binoan boalalr faqat o‘zlari tanlagan rangini topish emas, balki 
keglilarni ag‘darib yubormasliklarni ham lozim. To‘g‘ri doira yasagan buyumlarga 
tegib ketmagan, doirada o‘z o‘rnini adashtirib yubormagan komanda o‘yinchilari 
g‘olib chiqadilar. 
“Qushlar uchib o‘tmoqda haraktli o‘yini” 
O‘yinga tayyorlanish. Zalning bir tomonida bolalar turadi – ular qushlar. 
Zalning ikkinchi tomonida jixozlar (gimnastika o‘rindiqlari, kubik va boshqalar) – 
bular daraxtlar, ularga uchib kelib ko‘nadi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan: “Qushlar uchib ketmoqda”- 
bolalar qo‘llari bilan qanotlar singari harakat qilib, zal bo‘ylab yuradilar; keyingi 
“Bo‘ron!” ishorasiga binoan ular ko‘tarilib, “daraxtlar orasiga” bekinishiga harakat 
qiladilar. Tarbiyachi: “Bo‘ron tindi!” deyishi bilan bolalar tepalikdan tushadilar va 
yana zal bo‘ylab yugurib yuradilar (qushlar o‘yinda davom etadilar). O‘yin 
chog‘ida tarbiyachi majburiy tarzda ayniqsa ular balandlikdan tushganlarida 
bolalarni asrab avaylaydi. 
“Qo‘lga tushma” harakatli o‘yin 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yinchilar doira shaklida tashlab qo‘yilgan 
chizimcha atrofida joylashadilar. O‘rtada ikkita boshlovchi bo‘ladi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan bolalar ikki oyoqda doira 
ichiga sakrab kiradilar. Bunda iloji boricha tutib oluvchilarga yaqinlashishga 
harakat qiladilar. Tutuvchi kimni ushlab olgan bo‘lsa unga jarima ochkosi beriladi. 
40-50 soniyadan so‘ng o‘yin to‘xtatilib, yutkizganlar hisoblab chiqiladi va yangi 
tutuvchi tayinlanib, o‘yin boshqatdan boshlanadi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling