O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

“Ayyor tulki” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar bir-birlaridan bir qadam oralig‘idap 
doira xosil qilib turadilar. Doiradan nariroqda tulkining uyi belgilanadi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra bolalar ko‘zlarini yumib 
turadilar. U esa bolalarning atrofidan aylanib o‘tayotib o‘yinchilardan birontasiga 
qo‘l tekizadi, shundan keyin qo‘li tekkan bola boshlovchi – ayyor tulki bo‘ladi. 
Shundan keyin bolalar ko‘zlarini ochadilar, ho‘r bo‘lib uch marta (to‘xtatib, 
to‘xtatib). Ayyor tulki qayda sen!” deb so‘raydilar (dastaval sekin, so‘ngra qattiq). 
Ayyor tulki qilib tanlangan o‘yinchi uchinchi galdan keyin tezda doiraning 
o‘rtasiga tushib olib qo‘lini ko‘taradi va “Men bu еrdaman!” deydi. Barcha 


63 
o‘ynovchilar maydon bo‘ylab yugurib ketadilar, tulki esa ularni tutishga harakat 
qiladi (qo‘lini tekgach), tarbiyachi “Doiraga!” deydi va o‘yin qaytadan boshlanadi. 
“Ayiqlar va asalarilar” o‘yini 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar teng ikki komandaga bo‘linadilar: birlari 
asalarilar, ikkinchilari ayiqlar bo‘ladilar. 
Zalning bir tomonidan asalari uyalari bo‘ladi, qarama qarshi tomonda esa 
o‘tzor. Chetroqda ayiqning uyasi joylashadi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachi bilan kelishilgan ishoraga muvofiq asalarilar 
uyalaridan uchib chiqadilar (balandroq qilib joylashtirilgan gimnastika narvonlari 
va gimnastika o‘rindiqlaridan va boshqalardan pastga tushadilar, zilzilab asal 
uchun chamanzor tomon uchadilar. Asalarilar uchib ketishlari bilanoq ayiqlar 
inlaridan chiqib, uyalar oldiga (gimnastika o‘rindiqlariga chiqib olib mazza qilib 
asalni еya boshlaydilar). Tarbiyachi “Ayiqlar!” deyishi bilan asalarilar uyalari 
tomon uchib kelib ayiqlarni chaqib olishga (qo‘l tekizishga) intiladilar. Ular o‘z 
inlariga qocha boshlaydilar. Asalari chaqqon ayiqlar bir o‘yinini o‘tkazib 
yuboradilar. O‘yin qaytadan boshlanadi va takrorlanib bo‘lgach, bolalar o‘rin 
almashadilar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling