O‘zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/158
Sana03.11.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1741926
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158
Bog'liq
MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA O‘TKAZILADIGAN HARAKATLI O‘YINLAR

Sakrash harakatlarini bajarish 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin zalda yoki sport maydonida o‘tkaziladi. Bolalar 
ikkiga bo‘linib, dastlabki chiziq oldida saflanadilar. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasi bilan birinchi guruhdagi bolalar ikki 
marta o‘ng oyoqda, ikki marta chap oyoqda va hokazo sakrashni bajaradilar. Har 


62 
bir bola o‘zi xoxlagan sura’tda sakraydi, bunda asosiysi tez emas, balki mashqni 
aniq, harakatlarni bir-biriga muvofiq bajarishdir. Topshiriqni oson bajarish uchun 
ichida 1-2 deb sanashi tavsiya etish mumkin. Bolalar belgilangan chiziqqacha 
sakrab borib, oldinga ikki qadam tashlaydilar va orqaga o‘girilib, boshqa guruh 
bolalari sakrashni qanday bajarayotganini kuzatadilar. So‘ngra tarbiyachi birinchi 
guruh bolalariga mashqni takrorlashni taklif etadi, bu vaqtda ikkinchi guruh 
bolalari dam oladi. 
Varianti. Tarbiyachi keglilarni 1 m oraqliqda qilib qo‘yib chiqadi va 
birinchi guruhga bolalarni tegib ketmaslikni harakat qilib keglilar orasidan 
emaklashadilar. Ikkinchi guruh bolalariga esa to‘p bilan mashq bajarishni: to‘pni 
yuqoriga otib chapak chalib ilib olishni taklif etadi. Bolalar to‘pni yuqoriga otib
ilib olishni ixtiyoriy sur’atda tarqalib yurib bajaradilar. Tarbiyachisining ishorasiga 
binoan boalalr o‘rin olmashadilar. 
“Nishonga aniq otish” 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin sport zal va sport maydonchada o‘tkaziladi. 
O‘ynovchilar saflanib turadilar, ulardan 4 m nariga tarbiyachi rang barang kegli 
qo‘yadi. 
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga ko‘ra bolalar tennis koptokni 
nishonga otib, uni yikitishga harakat qiladilar. Shundan so‘ng ikkinchi guruh 
bolalari kelib nishonga otish mashqini bajaradilar. 
“Qo‘rqmas chuchmchuqlar o‘yini” 
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar doira hosil qilib turadilar, har birini oldida 
ikkitadan tennis koptoki turadi. O‘rtada mushuk turadi. 
O‘yin tavsifi. Bolalar chumchuqcha bo‘lib, tarbiyachining ishorasiga binoan 
dumalatilgan tennis koptokni ustidan sakrab doiraga o‘tadilar. Mushuk 
yaqinlanishi bilan orqaga sakrab doiradan chiqadilar. Mushuk tekkan chumchuqqa 
jarima ochkosi oladi, ammo o‘yindan chiqmaydi. Bir qancha vaqtdan so‘ng 
tarbiyachi o‘yini to‘xtatadi, yutqizganlarni sanab chiqadi va boshqa boshlovchi 
saylanadi. O‘yin mashqlari tugagach, eng epchil mushuk hamda mushukning 
qo‘liga tushmagan qo‘rqmas chaqqon, chumchuqlar nomi aytib o‘tiladi. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling