71
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga binoan
birichi saf yurayotgan
bolalari yurayotib bir-birlariga to‘p tashlaydilar.
Topshiriqni tez bajargan va
tashlayotganda to‘pni еrga tushirib yubormagan juftlar g‘olib chiqadilar. Shundan
so‘ng ikkinchi safdagi bolalar taklif qilinadi.
“Bayroqqagacha kim tezroq”
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar dastlabki chiziq oldida bir-birlaridan bir
qadam narida ikki-uch qator bo‘lib saflanadilar.
O‘yin tavsifi. Tarbiyachining ishorasiga
binoan ular ikki oyoqda
chizimchaning goh o‘ng
goh chap tomonidan sakraydilar, so‘ngra
bayroqchani
aylanib o‘tib, o‘z saflarining oxiriga kelib turadilar. Keyingi turgan bola sakrashni
birinchi bola marra chizig‘ini bosib o‘tgandan keyin boshlaydi (masofa 4 m).
“Tashla va ilib ol”
O‘yinga tayyorlanish. O‘ynovchilar ikkita guruhga bo‘linib, to‘rning ikki
tomonidan turadilar. Birinchi guruhdagi bolalar qo‘llarida to‘p bo‘ladi.
O‘yin tavsifi. Bolalar tarbiyachining ishorasi bilan to‘pni to‘rdan
oshirib
tashlaydilar, to‘rning ikkinchi tomonidan turgan bolalar esa to‘pni
еrga tushib
sakrab chiqqandan so‘ng ilib oladilar.
“Qo‘lga tushma”
O‘yinga tayyorlanish. Bolalar
doira hosil qilib turadilar, har bir o‘yinchi
oldida qum solingan xaltacha bo‘ladi. O‘rtada ikki-uchta boshlovchi turadi.
O‘yin tavsifi. Bolalar tarbiyachining ishorasiga binoan doira ichiga qopcha
ustidan sakrab o‘tadilar va tutuvchilar yaqinlashishi bilan
orqaga sakrab doiradan
chiqishga harakat qiladilar. Boshlovchisining qo‘li tekkan bola, bir qadam orqaga
chekinib turadi. 30-40 sekund o‘tgach, o‘yin to‘xtatiladi
va yutkizganlar hisoblab
chiqiladi, yangi boshlovchi belgilanadi va o‘yin takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: