O`zbekiston respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi
Download 58.71 Kb.
|
Jismoniy tarbiya rahbarining kasbiy ahamiyatga ega sifatlari va
Xulosa.Kurs ishimizda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylarining kasbiy faoliyati shakllari va turlari tahlil etildi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tayyorlanadilar. Ularning ta’lim tarbiya jarayoni nazariy bilimlar va amaliy malaka va ko‘nikmalar egallash shakllaridan iborat bo‘ladi. Nazariy bilimlar ma’ruza, seminar va tajriba mashg‘ulotlari davomida berib boriladi va o‘zlashtiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda sport turlari va jismoniy harakatlarning texnik va taktik shakllari o‘rganiladi xamda jismoniy fazilatlar takomillashtirilib boriladi. Shuningdek sport turlari bo‘yicha mutaxassislik mashg‘ulotlarida texnik va taktik xamda jismoniy tayyorgarlikdan ega bo‘lgan sport tayyorgarligi malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. To‘liq mutaxassislikka ega bo‘lgan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport murabbiylari faoliyati ta’lim muassasalari xamda yashash joylarida jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etish va boshqarishdan iborat bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badan tarbiya, jismoniy tarbiya darslari, dars davomidagi fikult daqiqalar, katta tanaffusdagi harakatli o‘yinlar, sport to‘garaklaridagi mashg‘ulotlar, sport musobaqalari va bayramlar, kun tartibidagi sayrlar va sayyohlik yurishlaridan iborat bo‘ladi. Bolalar bilan yashash joylarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlari harakatli o‘yinlar, sport mashg‘ulotlari, musobaqalar, bellashuvlar va bayramlar shaklida tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari bolalar va aholi bilan jismoniy tarbiya sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini nazariy mashg‘ulotlar, amaliy mashg‘ulotlar shakllarida tashkil etadilar. Nazariy bilimlar jismoniy mashqlar va sport turlarining maqsadi va vazifasi, shakllari xamda ularning organizmga ta’siri kabi masalalarni o‘rgatadi. Amaliy mashg‘ulotlarda jismoniy harakatlar malaka va ko‘nikmalari shakllantiriladi. Sport turlari harakatlarining texnika va taktikasi egallanadi xamda jismoniy fazilatlar rivojlantiriladi. Amaliy mashg‘ulotlarda shug‘ullanuvchilar harakatlarni amalda bajarib malaka va ko‘nikma xosil qiladi. Buning uchun jismoniy tarbiya mutaxassislari mashqlarni amalda bajarib ko‘rsatadilar. Bu murabbiylarni amaliy tayyorgarliklari yuqori bo‘lishligini talab etadi. Jismoniy tarbiya mutaxassislarining barcha faoliyat turlari bolalarni va aholini sog‘lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalarini hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirish hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etilishi bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash kasbiy tajribalarini ortirib borish keng tashkil etilgan. Kasb hunar kollejlari jismoniy tarbiya mutaxasssilarining kasbiy tayyorgarliklarini takomillashtirish maqsadida har uch yilda kasbiy malaka oshirish va qayta tayyorlash tashkil etiladi. Kasbiy malakalarni oshirishda va qayta tayyorlash jarayonlarida tinlovchilarga jismoniy tarbiya va sport sohasining etuk mutaxassislari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilib tinglovchilarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bilimlari bilan birga iqtisodiy va xaquqiy bilimlari, horijiy tillarni o‘rganish darajalari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish malakalari ortirib boriladi. Download 58.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling