Oʼzbekiston Respublikasi
Suv xoʼjaligi vazirligiga
Namangan shahri shimoliy aylanma xalqa yoʼlida joylashgan “Vodiy qandolat va shirinliklari” korxonasi negizida “Yoshlarni sogʼlomlashtirish majmuasi” tashkil etdik va shu korxonaga rahbarlik qilib kelaman.
Bizning korxonaga yonma-yon joylashgan, 1970 yilda qurilgan Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi tizimidagi Katta Namangan magistral kanali boshqarmasi hisobidagi bugungi kunda ishlatilmasdan turgan bir qavatli sobiq oshxona binosi 12x10 metr yer maydoni va binoni belgilangan tartibda “Vodiy qandolat va shirinliklari” korxonasiga “Sogʼlomlashtirish majmuasi” uchun ajratilishida amaliy yordam berishingizni soʼraymiz.
Bu bilan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga qulaylik yaratish va ularga sogʼlomlashtirish majmuasini tashkil qilish, yangi ish oʼrinlarini yaratish imkonyatini yaratiladi.
Hurmat bilan,
“Vodiy qandolat va shirinliklari”
korxonasi rahbari R.Nabiev
Do'stlaringiz bilan baham: |