Oʻzbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Download 45 Kb.
|
Konferensiya 25.11.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- МИНИСТЕРСТВО ИНОСТРАННЫХ ДЕЛ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН УНИВЕРСИТЕТ МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И ДИПЛОМАТИИ Buyruq № _______
- ___” ___________ 20 22 -уil Toshkent shahri Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish to‘g‘risida
- B U Y U R A M A N
- Rektor S.Safoyev Kiritildi
Buyruq № _______ “ ___” ___________ 2022-уil Toshkent shahri Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish to‘g‘risida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba Markazi (Tashkent Jean Monnet Centre of Excellence for European studies)” qo‘shma grant loyihasi doirasida 2022-yilning 25-noyabr kuni “Xalqaro huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi va O‘zbekiston milliy huquqining dolzarb muammolari: kesishma nuqtalari va o‘zaro ta’sir istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil qilish maqsadida B U Y U R A M A N: 1. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy guruh quyidagi tarkibda tasdiqlansin: G.Ismailova - JIDU prorektori, Tashkiliy guruh raisi; X.Yunusov - “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi” koordinatori, a’zo; S.Usmanova - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi dotsenti; a’zo; R.Ernazarov - Fan va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, aʼzo; F.Tashev - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, aʼzo; A.Abdujalilov - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi, aʼzo; 2. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning maqolalarini tahlil qilish va chop etishga tavsiya etish uchun tahririyat-noshirlik guruhi quyidagi tarkibda tasdiqlansin: S.Usmanova - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi dotsenti; F.Tashev - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi; A.Abdujalilov - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi. 3. Tashkiliy guruhga: - o‘tkaziladigan anjumanning dasturini tegishli vazirlik va idoralarga yuborish, konferensiya bo‘yicha eʼlon berish, o‘tkaziladigan anjumanda sohaning nufuzli mutaxassislarini jalb etish taʼminlansin; - anjuman ishini universitet saytida va ijtimoiy tarmoqlarida batafsil yoritib borish va boshqa tashkiliy ishlar bajarilsin; - konferensiya yakunlari bo‘yicha maqolalar to‘plami nashr etilsin; - konferensiyada qatnashadigan universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchi doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtiroki taʼminlansin. 4. Moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha rektor o‘rinbosari (Z.Pulatxodjaev)ga: - anjuman o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan kanselyariya mollari bilan ta’minlansin; - tadbir ishtirokchilari uchun kofe-breyk tashkil etilsin; - ilmiy-amaliy tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq harajatlar Toshkent Jan Monne nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba Markazi grant dasturi tomonidan qoplanishi inobatga olinsin. 5. Mazkur buyruq ijrosining nazorati Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G.Ismailova zimmasiga yuklatilsin. Rektor S.Safoyev Kiritildi: ___________R.Ernazarov Kelishildi: ________________G.Ismailova ________________Z.Pulatxodjayev ________________Sh.Urinov ________________U.Yakubxodjayev Bosh yuriskonsult v.b. ________________F.Tashev Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling