Oʻzbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Download 45 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi45 Kb.
#1333760
TuriДиплом
Bog'liq
Konferensiya 25.11.2022


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI


JAHON IQTISODIYOTI VA
DIPLOMATIYA UNIVERSITETI




МИНИСТЕРСТВО ИНОСТРАННЫХ ДЕЛ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН


УНИВЕРСИТЕТ МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ И ДИПЛОМАТИИ

Buyruq № _______


___” ___________ 2022-уil Toshkent shahri
Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish to‘g‘risida

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba Markazi (Tashkent Jean Monnet Centre of Excellence for European studies)” qo‘shma grant loyihasi doirasida 2022-yilning
25-noyabr kuni “Xalqaro huquq, Yevropa Ittifoqi huquqi va O‘zbekiston milliy huquqining dolzarb muammolari: kesishma nuqtalari va o‘zaro ta’sir istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini tashkil qilish maqsadida

B U Y U R A M A N:

1. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy guruh quyidagi tarkibda tasdiqlansin:


G.Ismailova - JIDU prorektori, Tashkiliy guruh raisi;
X.Yunusov - “Toshkent Jan Mone nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba markazi” koordinatori, a’zo;
S.Usmanova - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi dotsenti; a’zo;
R.Ernazarov - Fan va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, aʼzo;
F.Tashev - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi, aʼzo;
A.Abdujalilov - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi, aʼzo;

2. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyaning maqolalarini tahlil qilish va chop etishga tavsiya etish uchun tahririyat-noshirlik guruhi quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
S.Usmanova - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi dotsenti;
F.Tashev - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi;
A.Abdujalilov - “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi.

3. Tashkiliy guruhga:


- o‘tkaziladigan anjumanning dasturini tegishli vazirlik
va idoralarga yuborish, konferensiya bo‘yicha eʼlon berish, o‘tkaziladigan anjumanda sohaning nufuzli mutaxassislarini jalb etish taʼminlansin;
- anjuman ishini universitet saytida va ijtimoiy tarmoqlarida batafsil yoritib borish va boshqa tashkiliy ishlar bajarilsin;
- konferensiya yakunlari bo‘yicha maqolalar to‘plami nashr etilsin;
- konferensiyada qatnashadigan universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchi doktorant va mustaqil izlanuvchilar ishtiroki taʼminlansin.

4. Moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha rektor o‘rinbosari (Z.Pulatxodjaev)ga:


- anjuman o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan kanselyariya mollari bilan ta’minlansin;
- tadbir ishtirokchilari uchun kofe-breyk tashkil etilsin;
- ilmiy-amaliy tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq harajatlar Toshkent Jan Monne nomidagi Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or tajriba Markazi grant dasturi tomonidan qoplanishi inobatga olinsin.
5. Mazkur buyruq ijrosining nazorati Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G.Ismailova zimmasiga yuklatilsin.


Rektor S.Safoyev


Kiritildi: ___________R.Ernazarov Kelishildi:

________________G.Ismailova


________________Z.Pulatxodjayev
________________Sh.Urinov
________________U.Yakubxodjayev
Bosh yuriskonsult v.b. ________________F.Tashev
Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling