O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi shamsiddinov muhammadhjon eks 1-20 iqtisodiyot sirtqi


Download 1.8 Mb.
bet2/4
Sana21.01.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1106092
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi

Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2002-yilga nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, AQSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qitʼasi mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari oʻrin olmoqda. Asosiysi — Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (1991, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (1997, 29 avgust) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27 dekabr) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.

  • Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo "Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida" (1991, 14 iyun), "Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida" (1993, 7 may), "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida" (1997, 29 avgust) qonunlari, "Bojxona kodeksi" (1997, 27 dekabr) va boshqa qonun va qarorlar, meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
  • Mamlakatlar oʻrtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol oʻynaydi.

  • Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling