O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE uz (1)
14-bob. Bo’luvchi punktlar
179. Poezdlar harakati, uni bo’luvchi punktlar bilan chegaralash orqali amalga oshiriladi. Stansiyalar, raz’ezdlar, o’zib o’tish punktlari va yo’l postlari, avtoblokirovkaning o’tish svetoforlari bo’luvchi punktlar hisoblanadi. Signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasida blok-uchastkalarning chegaralari ham bo’luvchi punktdir. 180. Quyidagilar stansiya chegaralari hisoblanadi: bir yo’lli uchastkalarda – kirish svetoforlari; ikki yo’lli uchastkalarda har bir asosiy yo’lga alohida bir tarafdan - kirish svetofori, ikinchi tarafdan-so’nggi chiqish strelka o’tkazgichdan keyin kamida 50 m masofada o’rnatilgan «Stansiya chegarasi» yozuvli signal belgisi. Ikki taraflama avtoblokirovkalar bilan jihozlangan, shuningdek, noto’g’ri yo’ldan poezdlarni qabul qilish uchun kirish svetoforlari o’rnatilgan ikki yo’lli uchastkalarda har bir alohida asosiy yo’l uchun kirish svetoforlari stansiya chegarasi hisoblanadi. 42 181. Har bir bo’luvchi punkt, yordamchi post va yo’lovchi to’xtash punkti nomi va raqamiga ega bo’lishi kerak. Nom tashqi tomondan yo’lovchilar binosida, poezdlar keladigan ikki tarafdan, kerak bo’lsa yo’lovchilar platformasining oxirlarida joylashtirilishi kerak. Shahar atrofida qatnaydigan poezdlarning jadal qatnovchi uchastkalarida joylashgan yo’lovchilar to’xtash punktida punkt nomi, bundan tashqari, yo’lovchi platforma bo’ylab bir necha joylarda ko’rsatilishi kerak. 182. Temir yo’llar: peregonlardagi asosiy yo’llar, stansiya yo’llari (chunonchi, stansiyalardagi asosiy yo’llar) va maxsus yo’llarga bo’linadi. DATK boshqa korxona va tashkilotlari tasarrufida bo’lganlaridan tashqari, stansiya xududidagi barcha yo’llar stansiya boshlig’ining ixtiyorida bo’ladi. 183. Stansiyadagi har bir yo’l, srelkali o’tkazgich, stansiya markazlashtirish posti va strelkali post, peregonlarda esa har bir asosiy yo’l nomerga ega bo’lishi kerak. Bir stansiya hududida yo’llar, strelkali o’tkazgichlar va postlarga bir xil nomer berish taqiqlanadi. Alohida parkka ega stansiyalarda bir parkning hududida yo’llarni bir xil nomerlash taqiqlanadi. Yo’llar va strelkali o’tkazgichlarni nomerlash tartibi DATK tomonidan o‘rnatiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling