O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
-bob. Stansiyaning texnikaviy ishini tashkillashtirish
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE uz (1)
15-bob. Stansiyaning texnikaviy ishini tashkillashtirish
Umumiy talablar 184. Stansiyaning texnikaviy vositalaridan foydalanish tartibi texnikaviy-boshqaruv akti bilan belgilanib, ushbu hujjat poezdlarning stansiyaga beto’siq qabul qilinishi, jo’natilishi va o’tishini, stansiya hududidagi manyovr ishlarining xavfsizligi hamda xavfsizlik texnikasiga rioya qilinishini aniqlaydi. Texnikaviy-boshqaruv aktida belgilangan tartibga, DATK barcha bo’linmalarining xodimlari rioya etishga majbur. 185. Stansiyaning texnikaviy-boshqaruv akti stansiya boshlig’i tomonidan DATK yo’riqnomasi asosida hamda ushbu Qoidalar, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma va O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga to’liq muvofiq ravishda tuziladi. Texnikaviy-boshqaruv akti harakat bo’yicha taftishchi tomonidan tekshiriladi va quyidagi mansabdor shaxslar tomonidan tasdiqlanadi: saralash va yo’lovchi stansiyalari, DATK boshqaruvi raisi belgilagan ro’yxatga kiritilgan yuk va uchastka stansiyalari uchun – DATK tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i tomonidan, bundan tashqari, ko’rsatib o’tilgan stansiyalar uchun lokomotiv va vagon depolari, yo’l, signalizatsiya va aloqa, elektr ta’minoti distansiyalari rahbarlari bilan, yo’lovchi stansiyalari uchun - «O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ rahbariyati bilan kelishiladi; boshqa barcha stansiyalar uchun – DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan o’rnatilgan tartib bilan. (185 band ikkinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Texnikaviy-boshqaruv aktiga stansiyaning sxematik rejasi hamda mahalliy sharoitlardan kelib chiqib zarur yo’riqnomalar ilova qilinadi. Texnikaviy-boshqaruv aktidan ko’chirmalar, stansiya navbatchisi uchun esa, aktning stansiya boshlig’i tomonidan tasdiqlangan nusxalari stansiya navbatchisi, manyovrlar dispetcheri, park va saralash tepachalari bo’yicha navbatchi, markazlashtirish ijro postlari, strelka postlari, lokomotiv depo navbatchisi va vagonlar ko’ruvchilari xonalarida mavjud bo’lishi shart. Ko’chirmalarda tegishli xodimlar uchun zarur ma’lumotlar bo’lishi lozim. Texnikaviy-boshqaruv aktining shakli va uni tuzish bo’yicha yo’riqnoma DATK tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling