O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Poezdlarni jihozlash va ularga xizmat ko’rsatish


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Poezdlarni jihozlash va ularga xizmat ko’rsatish 
227. Yo’lovchi, pochta-bagaj, yo’lovchi-yuk, harbiy va odam tashish poezdlari yong’inni 
o’chirish vositalari, birinchi tibbiy yordam ko’rsatish vositalari bilan ta’minlanadi. 
Yo’lovchi poezdlarning tarkiblari poezd mashinisti bilan aloqa qilish uchun UQT-
diapazondagi radiostansiyalar bilan jihozlanadi. 
Poezdlarni sanab o’tilgan vositalar bilan ta’minlash me’yorlari DATK tomonidan 
tasdiqlanadi. 
228. Lokomotivlar DATK tasdiqlagan me’yorlar bo’yicha radiostansiya, yong’inni 
o’chirish va harakat tarkibini yo’lga ko’tarish vositalari, zarur signal asboblari, uskunalari va 
boshqa anjomlar bilan ta’minlanishi lozim. 
Maxsus o’zi yurar harakat tarkibi DATK belgilagan ro’yxat va me’yorlar bo’yicha 
uskuna, qurilma va jihozlar bilan ta’minlanishi kerak. 
Bundan tashqari, tarkibni peregonda mahkamlash zaruratini ko’zda tutib, lokomotvlar va 
motorvagon poezdlar to’rtta tormozlash boshmog’i bilan ta’minlanishi lozim. 
Avtotormozlar ishdan chiqqan hollarda yuk va yo’lovchi yuk poezdi tarkibini nishab 
qiyaligi 0,012 dan ortiq uchastkalarda mahkamlash tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan 
o‘rnatiladi. 


53 
229. Poezdga lokomotiv brigadasi tomonidan xizmat ko’rsatiladi. 
Bundan tashqari, yo’lovchi poezdlarga vagon yo’l kuzatuvchilari hamda DATK 
ko’rsatmalariga muvofiq boshqa xodimlar tomonidan xizmat ko’rsatiladi. 
Oraliq stansiyalarda manyovr ishlari olib borayotgan poezdlarga, bu ishga rahbarlik qilish 
uchun, DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’ining ko’rsatmasi bo’yicha bosh konduktor 
(poezd tuzuvchi) yoki konduktorlar (tuzuvchilar) brigadasi tayinlanishi mumkin. Peregonda 
xo’jalik poezdlarning harakatiga ishlar rahbari yoki uning vakolatiga ega shaxs rahbarlik qiladi. 
Bu xodimlarning vazifalari poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada 
belgilanadi. 
(229 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 
yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
Aylantirish punktlarida lokomotiv brigadalari va konduktorlarning dam olishi uchun 
maxsus xonalar bo’lishi lozim. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling