O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE uz (1)
Poezdlarni qabul qilish
238. Poezdlar stansiyaga texnikaviy – boshqaruv akti bilan bu maqsadlar uchun mo’ljallangan bo’sh yo’llarga, faqat ochiq kirish signalida, yo’lovchi poezdlar esa, bundan tashqari, yo’l avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan yo’llarga qabul qilinishi lozim. Bunday qurilmalar bilan jihozlanmagan yo’llarga yo’lovchi poezdlarini, harakat xavfsizligini ta’minlab, qabul qilish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Yo’lning uzunligi ikki motorvagon poezdini joylashtirish uchun etarli bo’lgan alohida stansiyalarda, marshrut svetofori bilan yo’lni ushbu poezdlar qabul qilinishi mumkin bo’lgan ikki uchastkaga ajratishga ruxsat etiladi. Motorvagon poezdi qabul qilish yo’lini ajratadigan marshrut svetoforidan keyingi yo’l uchastkasini band etganda, ikkinchi motorvagon poezdi yo’lning ushbu svetoforgacha bo’sh uchastkasiga, kirish (marshrut) svetoforining maxsus signali bo’yicha qabul qilinadi. Kirish (marshrut) svetoforlarining ko’rsatmalari qabul qilish yo’lining ikkiga bo’ladigan marshrut svetoforining ko’rsatmalariga bog’liq bo’lishi lozim. Bunday yo’lga bir paytning o’zida qarama-qarshi tomonlardan ikki motor poezdini qabul qilish taqiqlanadi. Motorvagon poezdlarni yo’lning alohida uchastkalariga qabul qilish ruxsat etilgan stansiyalarning ro’yxati hamda yo’lovchilar va poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan o‘rnatiladi. Ushbu stansiyalar uchun motorvagon poezdlarni qabul qilish uchun belgilangan tartibdan, stansiyalarga alohida lokomotivlarni va olib qo’yilmaydigan turdagi drezinalarni qabul qilishda ham foydalanishga ruxsat etiladi. Stansiyaga suruvchi lokomotivlarni, stansiyadagi depolarga yo’nalayotgan lokomotivlarni, yoki depodan poezdlar tarkibi uchun kelayotgan lokomotivlarni qabul qilish uchun yo’lning alohida uchastkalari belgilanishi mumkin. Stansiyalar va harakat xavfsizligini ta’minlovchi qabul qilish tartibi DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi. (238 band ettinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). Zarurat tug’ilganda tiklash va o’t o’chirish poezdlarini, yordamchi lokomotivlarni, vagonsiz lokomotivlarni, qor tozalovchilarni, maxsus o’ziyurar harakat tarkibini, shuningdek, xo’jalik poezdlari va yo’l mashinalarini (peregonni berkitib ishlar bajarilganda) stansiya yo’llarining bo’sh uchastkalariga qabul qilish ruxsat etiladi. Harakat xavfsizligini ta’minlovchi, ushbu poezdlarni qabul qilish tartibi poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma bilan o‘rnatiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling