O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
PTE uz (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNIKAVIY FOYDALANISH QOIDALARI qoshimcha va ozgartishlar bilan 2012 yil 02 noyabr holatiga
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO'LLARDA YUK VA YO'LOVCHILAR TASHISH XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TEMIR YO’LLARIDAN TEXNIKAVIY FOYDALANISH QOIDALARI qo'shimcha va o'zgartishlar bilan 2012 yil 02 noyabr holatiga (2001 yil 1 dekabrdan "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI sining 2001 yil 13 avgust 36-son buyrug'i bilan joriy etilgan) Toshkent 2012 yil 2 1-BO’LIM. UMUMIY QOIDALAR O‘zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo‘llar va temir yo‘l transporti xodimlarining asosiy nizomlarini, ish tartibini, muhim inshootlar, qurilmalar va harakat tarkiblarini saqlash me’yorlarini, asosiy o‘lchamlarini, ularga bo‘lgan talablarni, poyezdlar harakatini tashkil qilish tizimini va signalizatsiya prinsiplarini, shuningdek tezyurar va yuqori tezlikdagi yolovchi tashish poezdlarinning harakatini tashkil etilishini mazkur qoidalarning 1- va 2-ilovalariga muvofiq o‘rnatadi. (birinchi xatbosh «O’zdavtemiryo’lnazorat» DI boshlig'ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq to’ldirildi). Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprel 767-I-son “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida” qonuni 1 , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 2 mart PF- 2815-son “Temir yo‘l transportini monopoliyadan chiqarish va aksiyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni 2 va O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan. Texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo’l transportining barcha bo‘linmalari va xodimlari uchun majburiydir, ularni bajarilishi temir yo‘l transporti barcha bo‘g‘inlarida tartibni, temir yo‘llarining aniq va to‘xtovsiz ishlashini va harakat xavfsizligini ta’minlaydi. Mazkur qoidalar “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” inspeksiyasining boshlig‘i buyrug’i (farmoyishi) bilangina o‘zgartirilishi mumkin. Temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish masalalari bo‘yicha “O‘zdavtemiryo‘nazorat” inspeksiyasi temir yo‘l miqyosida respublika ahamiyatga ega bo‘lgan O’zbekiston Respublikasi temir yo’laridan texnikaviy foydalanish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha yo’riqnoma, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma va ko‘rsatmalar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, "O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat-aksionerlik temiryo‘l kompaniyasi ( keyingi matinlarda DATK) vazirlik va idoralar esa - kompaniya bo‘limlarining tarmoq korxonalari faoliyatini belgilovchi yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Temir yo‘llari, ishnoot, qurilma va harakat tarkiblarini qurish, texnikaviy foydalanish va loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar mazkur goidalarning talablariga mos bo‘lishi kerak. Qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakati tartibi davlatlararo kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling