Темир йўл транспорти ходимларининг умумий вазифалари reja
Download 30.14 Kb.
|
Амалиёт 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- TEXNIK FOYDALANISH QOIDALARI YO’RIQNOMASI.
АМАЛИЁТ: ТЕМИР ЙЎЛ ТРАНСПОРТИ ХОДИМЛАРИНИНГ УМУМИЙ ВАЗИФАЛАРИ REJA 1.1. Texnik foydalanish qoidalari yo’riqnomasi. 1.2. Temir yo’l qonuni. Kalit suzlar: Texnik foydalanish qoidalari va meyoriy hujjatlar fani temir yo’l transportining barcha bo’linmalarida, korxonalarida aniq, ishonchli ishni tashkil etishda tashish jarayoni ishtirokchilarining intizomini va ularning mas’uliyatini oshirishda, poezdlar harakati xavfsizligini to’liq ta’minlashda barcha buyruqlarni, shartlarni, usullarni, me’yorlarni qo’llash va bajarish tartiblarini qamraydi. TEXNIK FOYDALANISH QOIDALARI YO’RIQNOMASI. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnik foydalanish qoidalari "O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat-aksionerlik temir yo‘l kompaniyasining barcha hududlarida amal qiladi hamda temir yo‘llari va Temir yo‘l transporta xodimlarining asosiy nizomlarini, ish tartibini, muhim inshootlar, qurilmalar va harakat tarkiblarini saqlash me’yorlarini, asosiy o‘lchamlarini, ularga bo‘lgan talablarni, poezdlar harakatini tashkil qilish tizimini va signalizatsiya prinsiplarini o‘rnatadi. Texnik foydalanish qoidalari temir yul transportining barcha bo‘linmalari va xodimlari uchun majburiydir. Texnik foydalanish qoidalarining bajarilishi Temir yo‘l transporti barcha bo‘g‘inlarida tartibni, temir yo‘llarining aniq va to‘xtovsiz ishlashini va harakat xavfsizligini ta’minlaydi. Mazkur qoidalar "O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat-aksionerlik Temir yo‘l kompaniyasi raisining qarori (farmoyishi) bilangina o‘zgartirilishi mumkin. 4. Temir yo‘llaridan texnik foydalanish masalalari bo‘yicha Davlat-aksionerlik Temir yo‘l kompaniyasining Boshqarmasi temir yo‘l miqyosida ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar nashr qiladi, kompaniya bo‘limlari esa kompaniya bo‘limlarining tarmoq korxonalari faoliyatini belgilovchi yo‘riqnoma va ko‘rsatmalarni nashr qiladi. Temir yo‘llari, inshoot, qurilma va harakat tarkiblarini qurish, texnik foydalanish va loyihalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar mazkur qoidalarning talablariga mos bo‘lishi kerak. 1.1. Harakat xavfsizligi va tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlagan holda yo‘lovchilar va yuklarning tashishlarga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, texnik vositalaridan samarali foydalanish, atrof muhitni asrash talablariga amal qilish Temir yo‘l transporti xodimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi. 1.2. Poezd harakati bilan bog‘liq bo‘lgan har bir xodim o‘z vazifalari doirasida Texnik foydalanish qoidalarining bajarilishi va harakat xavfsizligi uchun javob beradi. Temir yo‘l transporta xodimlarining Texnik foydalanish qoidalariga amal qilishi bo‘yicha javobgarlik tegishli bo‘linmalarning rahbarlariga yuklatiladi. Temir yo‘l transporti xodimlarining Texnik foydalanish qoidalarini buzishi amaldagi qonunchilik bo‘yicha javobgarlikka tortilishiga olib keladi. Temir yo‘l transportining har bir xodimi inson hayoti va salomatligi yoki harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi vaziyatlarda poezd yoki manyovrdagi tarkibga to‘xtash signalini uzatishi va ularni to‘xtatish uchun kerakli choralarni ko‘rishi kerak. Qurilma va inshootlarda Harakat xavfsizligiga xavf soluvchi yoki atrof muhitning ifloslanishiga olib keluvchi nosozliklar aniqlanganida xodim tezkorlik bilan xavfli joyni to‘sib qo‘yish va nosozliklarning bartaraf etish uchun choralar ko‘rishi kerak. Temir yo‘l transporti xodimlari yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashlari, ular uchun kerakli qulayliklar yaratishlari, vokzal va poezdlarda madaniyatli xizmat ko‘rsatishlari, temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi barcha shaxslar bilan muloqotda xushmuomalali bo‘lishlari va, shu bilan birga, ulardan amaldagi temir yo‘l transporti qoidalarini bajarishlarini talab qilishlari kerak. Temir yo‘l transporti xodimlari ish joylarini va ularga ishonib topshirilgan texnik vositalarni tartibda saqlashlari kerak. Xodimlar uchun kasb kiyimi va ajratish nishonlari belgilangan bo‘lsa, ular Davlat-aksionerlik Temir yo‘l kompaniyasining temir yo‘l transporti xodimlarining intizomi haqidagi nizomga ko‘ra kasb kiyimi bo‘yicha kiyinishlari kerak. Temir yo‘l transportining har bir xodimi bajarayotgan ishlariga qarab belgilangan texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha qoidalar va yo‘riqnomalarga amal qilishlari kerak. Bu qoida va yo‘riqnomalarning ijro etilishiga javobgarlik tegishli bo‘linmalarning ijrochi va rahbarlariga yuklatiladi. 1.6. Lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomotrisa, drezina va boshqa harakat birliklarining boshqaruv kabinalariga, signal, strelka, apparat, mexanizm va boshqa poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarni, shuningdek, signal va shu kabi qurilmalarni boshqarish xonalariga kirish huquqi bo‘lmagan shaxslarning kiritilishi man etiladi. Lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomotrisalar, drezina va boshqa harakat birliklari, signal, apparat, mexanizm va boshqa poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalarni boshqarishni, shuningdek, strelkalarni o‘tkazishni shu ishlarga javob beruvchi xodimlargina o‘z xizmat vazifalari vaqtida bajarish huquqiga egadirlar. Belgilangan tartibda ikkinchi shaxs sifatida tajriba oshirayotgan Temir yo‘l transporti xodimlari lokomotivlar, motorvagon poezdlar, avtomotrisa, drezina va boshqa harakat birliklari, signal, strelka, apparatlar, mexanizm va boshqa poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq. qurilmalarni boshqarishga bevosita shu qurilmalarda xizmat qiluvchi xodimlarning shaxsiy javobgarligi va ularning kuzatuvi ostida qo‘yilishi mumkin. 1.7. Temir yo‘l transportiga poezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan ishga qabul qilinuvchi shaxslar kasb ta’limi olishlari kerak, lokomotiv brigadalar esa, bundan tashqari, kasbiy saralash, sinovdan o‘tishlari va keyinchalik quyidagilarni bilishlari davriy tekshirilib turishi kerak: ushbu texnik foydalanish qoidalari; kompaniya temir yo‘llaridagi signalizatsiya bo‘yicha yo‘riqnoma; kompaniya temir yo‘llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma; lavozim yo‘riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa hujjatlar; texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha qoida va yo‘riqnomalar; temir yo‘l transporti xodimlarining intizomi haqidagi nizomlar. Qolgan barcha xodimlar ushbu qoidalarda ko‘zda tutilgan temir yo‘l transporti xodimlarining umumiy vazifalari, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha qoidalar, lavozim yo‘riqnomalari va xodimlar vazifalarini belgilovchi boshqa xujjatlarni bilishlari kerak. Ish kunini zichlashtirish yoki o‘rindoshlik bo‘yicha poezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha vazifalar yuklatilgan temir yo‘l transporti xodimlari tegishli qoida va yo‘riqnomalar bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilgandan so‘ng bu ishlarga qo‘yiladi. Xodimlarning sinovlardan o‘tishi kerak bo‘lgan ushbu moddada ko‘rsatilgan lavozim va kasblarning ro‘yxati, har bir lavozim uchun bilim hajmi, ishga qabul qilishdagi sinov va davriy sinovlarni olib borish tartibi AO “UTY” raisi qarori bilan belgilanadi. 1.8. Temir yo‘l transportiga poezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan lavozimlarga ishga keluvchi shaxslar tegishli ishlarni bajarishga yaroqli ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak. Keyinchalik ushbu xodimlarning davriy tibbiy ko‘riqdan o‘tishlari Davlat-aksionerlik temir yo‘l kompaniyasi raisi o‘rnatgan tartibda amalga oshirilishi kerak. 18 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar bevosita poezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi lavozim va kasblarga qo‘yilmaydi: lokomotiv, motorvagon poezdlar, avtomotrisalar, harakatdagi yuk ko‘taruvchi kranlarning mashinistlari va ularning yordamchilari drezina haydovchilari va ularning yordamchilari, dispetcherlar, bekat, park navbatchilari, saralash operatorlari, bekat navbatchilari oldidagi operatorlar, poezd konduktorlari, tuzuvchi brigada xodimlari, vagonlar harakat tezligini muvofiqlashtiruvchilar, signalchilar, markazlashtirilgan post operatorlari, strelka posti navbatchilari, yo‘l, ko‘prik va er osti yo‘li ustalari, yo‘l brigadirlari, obxodchiklar, yo‘l montyorlari (ikkinchi va undan yuqori razryadlar), kesishma yo‘l navbatchilari, SMB va saralash kontakt qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektrmexaniklar va elektrmontyorlar, vagon ta’mirlovchi-tekshiruvchilar, vagon tekshiruvchilari, vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish punkti operatorlari, yo‘lovchi poezdlari boshliqlari (mexanik brigadirlar), vagon kuzatuvchilari, vagonlar ajratilmaydigan ta’mirlashdagi usta va ishchilar, poezd elektrmexaniklari, elektr ta’minoti masofasi ustasi va elektrmexaniklari, refrijerator poezd va seksiya mexaniklari, defektoskop va yo‘l o‘lchash vagonlarining sozlovchilari, yo‘l mashina va mexanizmlari mashinistlari, defektoskop aravachalarning operatorlari, yo‘l o‘lchovlari bo‘yicha operatorlar va ularning yordamchilari. Temir yo‘l transporti xodimlari ularga ishonib topshirilgan Temir yo‘l mulkini va tashilayotgan yuklarni asrashlari kerak. Temir yo‘l transporti xodimlarining alkogol, toksik va narkotik kayf ostida o‘z vazifalarini bajarishlari man etiladi. Bu holda aniqlangan shaxslar darhol ishdan chetlashtirilib, javobgarlikka tortiladi. Download 30.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling