Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Strelka posti navbatchisi mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnoma 13-14
Download 43.62 Kb.
|
KL-Инструкция 13-14 по ОТ для дежурного стрелочного поста
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strelka posti navbatchisi mehnat muhofazasi bo’yicha YO’RIQNOMA 13-14 1.Umumiy xavfsizlik talablari
Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Strelka posti navbatchisi mehnat muhofazasi bo’yicha YO’RIQNOMA 13-14 “Tasdiqlangan” “Tasdiqlayman” 1-sonli BKUQ raisi ShKB bosh muhandisi ____________ S.I. Golman ___________ V.I. Fil «____»_______________yil «____»______________yil Strelka posti navbatchisi mehnat muhofazasi bo’yicha YO’RIQNOMA 13-14 1.Umumiy xavfsizlik talablari 1.1.Strelka posti navbatchisi vazifasiga ishga kirayotgan har bir ishchi 18 yoshga to’lgan, ushbu vazifani egallash huquqiga ruxsat beruvchi, ya’ni poezdlar harakati bilan bog’liq, tibbiy ko’rikdan o’tgan, sinovdan o’tgan va bundan keyin har 2 yilda bir marta davriy tekshiruvdan o’tib turadigan bo’lishi kerak. 1.2.Sinovlar bilimga o’tkaziladi: 1.2.1.Temir yo’llar texnikaviy foydalanish qoidalari. 1.2.2.Temir yo’llar signallari bo’yicha yo’riqnoma. 1.2.3.Temir yo’llarda manevrli ishlar va poezdlar harakati bo’yicha yo’riqnoma. 1.2.4.Korxona ichki tartibi qoidalari. 1.2.5.Korxona shaxobcha yo’lida manevrli ishlar va poezdlar harakati bo’yicha mahalliy yo’riqnoma. 1.2.6.Shaxobcha yo’li TRA stanstiyasi. 1.2.7.Texnika xavfsizligi va sanoat sanitariyasi bo’yicha yo’riqnoma. 1.3.Strelka posti navbatchisi ichki tartib qoidalari yong’in xavfsizligi talablari va shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishi kerak. 1.4.”Aloqa yo’llari Vazirligini temir yo’l transporti ishchilari va xizmatchilariga bepul maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi va boshqa yakka tartibdagi himoya vositalarini berishni umumiy tarmoq me’yoriga” binoan strelka posti navbatchisi maxsus kiyim va maxsus oyoq kiyim bilan ta’minlanadi. 1.5.Me’yorga qarab strelka posti navbatchisiga quyidagilar beriladi: -paxta ipli kostyum – 12 oyga; -plash – palatkada yoki rezinalangan matodan plash (navbatchi); -aralash qo’lqoplar – 3 oyga. 1.6.Strelka posti navbatchisi kasbi temiryo’l transportidagi xavfli kasblardan biridir. Ish paytida chegaralangan harakat doirasi va hamma vaqt temiryo’l yo’llarida bo’lishligi zarurati tufayli strelka posti navbatchisiga ta’sir ko’rsatuvchi xavfli omillar quyidagilardir: 1.6.1.Harakatlanayotgan qo’zg’aluvchan vagonlar tarkibi bilan shikastlanish ehtimoli. 1.6.2.Qo’zg’aluvchan vagon tarkibidan uning strelkachi yonidan harakatlanayotgan vaqtida yuk tushib ketishi. 1.6.3.Manevrli ko’chio’ni amalga oshirish paytida stisternadan sachraganda kislota tushishi. 1.6.4.Qo’zg’aluvchan vagonlar tarkibi avariyasi va halokatida gaz va kislota bug’lari bilan zaharlanish. 1.7.Strelka posti yong’in o’chirish vositalari bilan jihozlangan bo’lishi kerak. Strelka posti navbatchisi yong’in o’chirish vositalari bilan foydalana bilishi kerak va yong’in xavfsizligi jamoasini qanday chaqirishni bilishi kerak. 1.8.Strelka posti navbatchisi jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bilishi kerak. Og’ir asoratlari bilan shikastlanishlar yuzaga kelganda tez yordamni chaqirish uchun zudlik bilan dispetcherni xabardor qilish va voqea joyini iloji boricha o’zgarishsiz saqlashi kerak. 1.9.Strelka posti navbatchisi navbatchilikni mustaqil o’tkazishga kirishishdan oldin tajribali strelka posti navbatchilaridan birini kuzatuvi va javobgarligi ostida kamida 6 ta navbatchilik amaliyotchi sifatida ishlashi kerak. Mustaqil ishlashga ruxsatnoma temiryo’l stexi boshlig’i buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi. 1.10.Bir postdan ikkinchisiga yoki bir bekatdan ikkinchisiga ko’chishda strelka posti navbatchisi yo’riq tanishuvi olgan bo’lishi va yangi joyning ahamiyatlari to’g’risida bilimi tekshirilgan bo’lishi kerak. Yo’riq tanishuvi va bilimini tekshirishni strelka posti navbatchisi ko’chirilayotgan bekat boshlig’i amalga oshiradi. 1.11.Yo’riqnomani buzilishi harakatdagi qonunlarga binoan intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladi. 1.12. Adliya Vazirligida 07.01.2000 yildagi 870-raqam bilan qayd etilgan -O’zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to’g’risidagi Qonunni; -xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risida”gi Qonunini; -“Mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnomalarini ishlab chiqish to’g’risida Nizom”ning talablarini bilishi shart. 1.13.Strelka posti navbatchisi etib maxsus o’quvdan o’tgan, imtihon topshirgan va guvohnomaga ega shaxslar tayinlanadilar. Download 43.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling