Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Strelka posti navbatchisi mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnoma 13-14
Ish boshlanishidan oldin xavfsizlik talablari
Download 43.62 Kb.
|
KL-Инструкция 13-14 по ОТ для дежурного стрелочного поста
2.Ish boshlanishidan oldin xavfsizlik talablari
2.1.Bekat yo’llarida turgan vagonlar va poezdlar manevr amalga oshirilmaydigan vagonlar yo’llarida turgan chegaralovchi ustunchalardan chiqib ketmaganligiga, bir-biri bilan o’zaro ulanmagan va haydab ketmaslik uchun dastaki (qo’l) tormozlari, tormoz boshmoqlari va vagon tagliklari bilan ishonchli mahkamlanganligiga ishonch hosil qilish. Vagonlar va vagonlar karvonini olib qochib ketishdan mahkamlash tartibini mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda texnikaviy boshqarish dalolatnomasi stanstiyasi tomonidan belgilanadi va strelka posti ro’yxatida ko’rsatiladi. 2.2.O’zining postiga kiradigan barcha strelka o’tkazgichlarni ko’zdan kechirish va ularning sozligiga ishonch hosil qilish. Ko’rik paytida strelka posti navbatchisi rels yo’naltirgichni rels ramalariga jips yotqizilganligiga, strelka tortqisidagi boltlarni, sirg’alarni rels yo’naltirgichga, tub mahkamlanishdagi boltlarni, rels yo’naltirgich boltlari mahkamligiga va zakladkadagi qulflarni sozligiga alohida e’tibor qaratishi kerak. Hamma strelkalar tozalanganligini, ishqalanuvchi qismlari esa moylanganligini tekshirish. 2.3.Navbatchilikni topshirayotgan strelka posti navbatchisi ishtirokida ro’yxatga binoan jihozlarni, signal buyumlarini va uskunalarini, SPB qurilmasi bo’lgan strelka postlarida, bundan tashqari, apparatlarda plomba mavjudligi va sozligini tekshirish. 2.4.Navbatchilikni topshirayotgan strelka posti navbatchisidan manevrli ishlar va poezdlarni qabul qilish hamda jo’natish bo’yicha dispetcher farmoyishlari to’g’risida ma’lumot olish. 2.5.Strelka posti navbatchisi navbatchilikni qabul qilish to’g’risida va ko’rik paytida aniqlangan barcha nosozliklar to’g’risida axborot beradi. 2.6.Strelka posti navbatchisiga poezdlarni qabul qilish yoki jo’natish marshruti tayyorgarligi to’g’risidagi axborotidan keyin, to yo’nalishni tayyorlangan poezd etib kelmaguncha yoki jo’nab ketmaguncha navbatchilikni topshirish taqiqlanadi, yoki navbatchilikka kirishayotgan strelka posti navbatchisi belgilangan yo’nalishni to’g’riligiga ishonch hosil qilib, dispetcherga xabar bermaguncha. 2.7.Har bir strelka postida osib qo’yilgan bo’lishi kerak: bekat texnikaviy boshqarish dalolatnomasidan ko’chirma, jihozlarni ro’yxatga olinishi, shartli tovushli signallar ro’yxati (manevrli ishlarda qo’llaniladigan). SMB apparati bo’lgan postlarda har bir asbob va apparatda plomba sanasi ko’rsatilishi bilan plombalangan asboblarni ro’yxatga olingani osib qo’yiladi. Download 43.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling