Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati Strelka posti navbatchisi mehnat muhofazasi bo’yicha yo’riqnoma 13-14
Download 43.62 Kb.
|
KL-Инструкция 13-14 по ОТ для дежурного стрелочного поста
3.Ish paytida xavfsizlik talablari
3.1.Strelka posti navbatchisi bajarishi shart: 3.1.1.Strelkani texnik-taqsimlov dalolatnomasidan ko’chirmada ko’rsatilgandek me’yoriy holatda yopiq ushlash va ularni poezdlarni qabul qilish, o’tkazib yuborish va jo’natish uchun o’tkazish, shuningdek manevrli ishlarni amalga oshirishda faqat dispetcher farmoyishi bo’yicha yoki manevrlashni boshqarayotgan ishchini talabi bo’yicha, ular ko’rsatgan holatda. 3.1.2.Strelka o’tkazgichlarini uzluksiz (uzilishsiz) ishlashini ta’minlash va ularni toza saqlash. 3.1.3.Tayyorlangan yo’nalishni qo’riqlash va bekat TTD bu uchun ko’zda tutilgan, joylarda belgilangan signallar bilan kelayotgan poezdlarni kutib olish. 3.1.4.Poezdlar o’tayotganda ularni to’liq vagonlar takibida va tegishli signallar bilan o’tishini diqqat bilan nazorat qilish. 3.1.5.Barcha aniqlangan nosozliklar to’g’risida zudlik bilan dispetcherga xabar berish, harakat xavfsizligiga yoki odamlar hayotiga xavf tug’diruvchi hollarda esa zudlik bilan poezd yoki manevrli ishni to’xtatish uchun chora ko’rish. 3.1.6.Manevrni amalga oshirishda signallarni diqqat bilan kuzatish va tez, xavfsiz manevr ishini ta’minlangan holda, ularni qat’iy bajarish. 3.1.7.Kechqurungi paytda va kunduzi yomon ko’rinish bo’lganda stanstiya TTDsi bo’yicha yoritilishi kerak bo’lgan strelka ko’rsatgichlarini yoritilmagan holda qoldirmaslik. 3.1.8.Qachonki ish sharoiti shuni taqozo etmasa, strelkani me’yoriy holatdan chiqarmaslik. 3.1.9.TTD bo’yicha qulflangan bo’lishi kerak bo’lgan strelkani qulflanmagan holda ushlamaslik. 3.1.10.Postda belgilangan signallarsiz bo’lmaslik. 3.1.11.Navbatchilik vaqtida dispetcherni ruxsatisiz o’z postidan ketmaslik. 3.1.12.Begona shaxslarni strelkaga va post binosiga qo’ymaslik. 3.1.13.Poezd yoki lokomotivni, manevrli vagonlar tarkibini harakati to’g’risida signal berilgandan keyin yo’lni kesib o’tmaslik, strelkani o’tkazmaslik. 3.2.Strelka nosozligida strelka posti navbatchisi bu haqda zudlik bilan dispetcherni xabardor qilishi shart. Qachonki nosozlik harakat xavfsizligiga xavf solgan hollarda strelka posti navbatchisi qo’zg’aluvchi vagon tarkibini strelka bo’yicha harakatini to’xtatishi shart, to’xtash signallari bilan cheklanib, bu haqda dispetcherga xabar berishi shart. 3.3.Kuchli shamollarda strelka posti navbatchisi dispetcher ko’rsatmasini kutib o’tirmasdan, qo’zg’aluvchi vagonni haydab ketilishidan mahkamligini ishonchliligini qo’shimcha tekshirish. 3.4.Ishda bo’lganda strelka posti navbatchisi o’zi bilan olib yurishi shart: 3.4.1.Kunduz kuni-qizil va sariq bayroqcha. 3.4.2.Kechqurun va kunduzi ko’rinish yomon bo’lganda-signal fonari. 3.4.3.Signalli surnay yoki hushtak. 3.5.Xizmat vazifasini bajarishda strelka posti navbatchisi bevosita dispetcherga bo’ysunadi. 3.6.Poezdlarni qabul qilish va jo’natish uchun yo’nalishlar tayyorlanishi to’g’risidagi, qabul qilish-jo’natish yo’llarida manevrli ishlarni amalga oshirishga ruxsat berish yoki to’xtatish to’g’risidagi topshiriqni strelka posti navbatchisi faqat dispetcherdan oladi. 3.6.1.Boshqa yo’llarda manevrlarni amalga oshirishda strelka posti navbatchisi poezdlar tuzuvchisi ko’rsatmasini bajaradi. 3.7.Strelka o’tkazgichlarni uzilishsiz ishlashini ta’minlash uchun strelka posti navbatchisi bajarishi shart: 3.7.1.Strelkali postga kiradigan strelkani soz holatda va toza saqlash, bo’shab qolgan boltlar va shuruplarni mahkamlash, mix qoziqlarni qazib olish, strelka o’tkazgichidan o’z vaqtida qor, muz, loy, qum va chiqindini olib tashlash. 3.7.2.Barcha ishqalanuvchi qismlarni va ayniqsa strelka rels yo’naltirgichlari ostidagi yostiqlarni diqqat bilan moylash. Moylashdan oldin albatta ifloslangan moy surgini olib tashlash. 3.7.3.Strelka o’tkazgichlari yonida yomg’irdan va eriyotgan qordan suvlar to’planib qolishiga yo’l qo’ymaslik. 3.7.4.Strelka ko’rsatgichlarini va boshqa signal fonarlarini o’z vaqtida yoritish, soz holatda va toza tutish. 3.7.5.Sirelka o’tkazgichlarini saqlashda xizmat ko’rsatishi uchun zarur bo’lgan barcha uskuna va materiallarni belgilangan sanoqda soz bo’lishi. 3.8.Strelka o’tkazgichini ta’mirlash zarurati bo’lganda, agar ish harakatni to’xtatish va tezlikni kamaytirish bilan bog’liq bo’lsa, strelka posti navbatchisi yo’l ishchilarini ta’mirlashni amalga oshirish uchun faqat dispetcherni ruxsati bilangina ruxsat etishi mumkin. Ta’mirlash tugagandan keyin strelka posti navbatchisi strelka o’tkazgichni holati xavfsiz harakatni ta’minlashiga ishonch hosil qilishi va bu haqda dispetcherga axborot berishi shart. 3.9.Poezdlarni bekatga qabul qilish bo’sh yilda va faqat ochiq kirish signalida amalga oshirilishi kerak. 3.10.Poezdni qabul qilish yoki jo’natish yo’nalishi tayyorgarligi to’g’risidagi dispetcherni topshirig’ini olgan strelka posti navbatchisi bajarishi shart: 3.10.1.Yo’nalishni tayyorlanishi to’g’risidagi olingan farmoyishni takrorlash va uning ijrosi to’g’risida tasdiqni olish. 3.10.2.Yo’nalishni tayyorlanishi to’g’risidagi olingan farmoyishni bajarishga strelka posti navbatchisi zudlik bilan kirishishi kerak. 3.10.3.Qabul qilish va jo’natish yo’nalishiga chiqish bilan manevrli ishni to’xtatish, bunda, albatta, manevr rahbarini kutilayotgan qabul qilish va jo’natish ishidan ogohlantirish kerak. 3.10.4.Belgilangan tartibda yo’lni bo’shligini tekshirish. 3.10.5.Yo’nalishni tayyorlash va bu haqda dispetcherga xabar berish. 3.10.6.Poezd etib kelguniga va jo’naguniga qadar tayyorlangan yo’nalishini qo’riqlashni ta’minlash va qabul qilinadigan yoki jo’natiladigan poezd boradigan yo’li bo’yicha o’tish joylari mavjudligini diqqat bilan nazorat qilish. 3.11.Poezdlarni qabul qilish va jo’natish uchun yo’nalishlar tayyorlash tartibi, shuningdek postga kelayotgan va jo’natilayotgan poezdlarni kutib olish tartibi, strelka postida bitta navbatchi bo’lganda, bekat TTD bilan belgilanadi. 3.12.Strelka posti navbatchisi poezdlarni quyidagicha kutib olishi kerak: 3.12.1.Asosiy yo’l bo’yicha to’xtamasdan bekatga o’tkazib yuborish hollarida – kunduzi o’ralgan sariq bayroqcha bilan, kechqurun – dastaki fonarning tiniq oq shu’lasi bilan. 3.12.2.Poezdni yonbosh yo’lda yoki bekatda to’xtash bilan qabul qilgan hollarda – kunduzi yoyilgan sariq bayroqcha bilan, kechqurun – dastaki fonarning tiniq oq shu’lasi bilan. 3.12.3.Bekatdan jo’natilayotgan poezdlarni strelka posti navbatchisi barcha holatlarda – kunduz kuni o’ralgan sariq bayroqcha bilan va kechqurun – dastaki fonarning tiniq – oq shu’lasi bilan kuzatib qoladi. 3.13.Bekatga kirib keladigan va ham jo’nab ketadigan poezdlar strelka bo’yicha o’tayotganda, strelka posti navbatchisi vagonlar holati sozligiga, ochiq qo’zg’aluvchan vagonlar tarkibida yuklarni to’g’ri joylashtirilganligiga, poezdda belgilangan ishorat mavjudligi va h.klarga e’tibor qaratishi shart. Barcha aniqlangan kamchiliklar, nosozliklar to’g’risida zudlik bilan dispetcherga xabar berish, harakat xavfsizligi yoki insonlar hayotiga xavf soluvchi holatlarda zudlik bilan poezdni to’xtatish choralarini ko’rish. 3.14.Qabul qiluvchi yo’lni chegaralovchi strelkadan poezd bilan o’tishda strelka posti navbatchisi buyruq ishorati mavjudligi bo’yicha poezdni to’liq vagonlar tarkibida etib kelayotganligini va uning chegaralash ustunchalari chegarasida o’rnatilishini tekshirishi shart, shundan keyingina dispetcherga xabar berishi kerak. To’liq vagonlar tarkibida jo’natilishi haqida ham strelka posti navbatchisi xuddi shunday dispetcherga xabar berishi shart. 3.15.Poezd etib kelgach (yo’l olgach) yoki jo’nagandan so’ng, yo’nalishga kiruvchi strelka bekat TTDsiga binoan me’yoriy holatga o’rnatiladi, yo’l band bo’lgan holatlarda esa dispetcherni farmoyishini kutmasdan bo’sh yo’l yo’nalishi bo’yicha o’rnatiladi. 3.16.Bekatga kirib kelayotgan poezd qabul qilish yo’lini chegaralovchi chegaralash ustunchalari oralig’ida to’xtashi kerak. Agar poezdni dumi chegaralash ustunchalaridan ortda qolsa, bunday holda strelka posti navbatchisi mashinistga oldinga siljish to’g’risida signal berishi shart. Agar poezdni qabul qilish yo’li chegarasida o’rnatishni iloji bo’lmasa, strelka posti navbatchisi bu haqda zudlik bilan dispetcherga xabar berishi shart. Dispetcherdan ko’rsatma olguniga qadar strelka posti navbatchisi zudlik bilan poezdni chegaralashi va qo’shni yo’llar bo’yicha qo’zg’aluvchan vagonlar tarkibi harakatini kuzatib turishi, to’qnashib ketmasliklari uchun choralarni ko’rish. 3.17.Kirish ishoratini taqiqlovchi ko’rsatmasida bekatda poezdlarni qabul qilishga quyidagi hollarda ruxsat etiladi: 3.17.1.Nosozligi tufayli kirish ishoratini ochishni iloji bo’lmaganda. 3.17.2.Bekatda qayta tiklovchi, yordamchi va yong’in xavfsizligi poezdlarini, olinmaydigan turdagi avtodrezinni, shuningdek peregonni yopish bilan ishlarni amalga oshirishda xo’jalik poezdlari qabul qilishda. 3.17.3.Kirish ishoratini taqiqlovchi ko’rsatmasida poezdlarni bekatga qabul qilishda, ishchilarni harakatlanish tartibi stanstiya TTDsida ko’rsatiladi. Mahalliy sharoitlardan bog’liq holda “Chipta-kuzatuvchi”ga ruxsatnoma dispetcherda yoki strelka postida yopiladigan javon saqlanishi mumkin. 3.18.O’tkazuvchi vazifasini bajaruvchi strelka posti navbatchisi poezdni “o’tkazuvchi” doimiy ishora belgisida kirish ishoratida kutib oladi va poezd keladigan tomonga kechqurun-dastaki ishorat chirog’i qizil shu’lasini, kunduzi esa – yoyiq qizil bayroqchani ko’rsatadi. Poezd to’xtagandan so’ng o’tkazuvchi mashinistga “Chipta-kuzatuvchi”ga topshiradi va poezdni qabul qilish qaysi yo’lda amalga oshirilishini xabar qiladi. 3.19.Ayrim hollarda, bekatda bo’sh yo’llar bo’lmaganda, qayta tiklovchi, yordamchi va yong’in xavfsizligi poezdlarini birinchi kirish strelkasigacha qabul qilishga ruxsat etiladi. Bunday holatlarda poezdlarni qabul qilish o’tkazuvchi bilan yopiq kirish ishorati yonida to’xtagandan so’ng amalga oshiriladi. 3.20.Manevrlarni amalga oshirishda strelka posti navbatchisi bajarishi shart: 3.20.1.Manevrli vagonlar tarkibi harakatlanishini, berilayotgan ishoratlarni diqqat bilan kuzatish va o’z vaqtida ushbu ishoralar talablarini bajarish. 3.20.2.Zarur ishoratlarni mashinistga va tuzuvchiga aniq hamda o’z vaqtida berish. 3.20.3.Manevrli vagonlar tarkibi harakatlanishi boshlanishi to’g’risidagi ishoratni berishdan oldin manevrli yo’nalishda strelkani holati to’g’riligini tekshirish. 3.20.4.Poezdlarni qabul qilish va jo’natish yo’llaridagi markazlashtirilmagan strelkalarni yopib berkitish. 3.20.5.Manevrdan so’ng bekat yo’llarida qoldiriladigan vagonlar ulangan, tormozlangan, tormoz boshmoqlari yoki vagon tagliklari bilan ponalanganligini nazorat qilish. Rolikli (g’ildirakchali) podshipniklar bilan vagonlarni mahkamlanishiga alohida e’tibor qaratilgan bo’lishi kerak. Bunday vagonlarni mahkamlanish tartibi mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda stanstiya TTD bilan belgilanadi. 3.20.6.Kesilgan strelka bo’yicha oldinga to uni yo’l ishchilari tomonidan ko’zdan kechirilib va ta’mirlanmagunicha qo’zg’aluvchan vagonlar tarkibini o’tkazishga yo’l qo’ymaslik. 3.20.7.Dispetcherni ruxsatisiz manevrli lokomotiv yoki vagonlar tarkibini bosh yo’lga chiqishiga yoki ularni kesishishiga yo’l qo’ymaslik, shuningdek manevrli vagonlar tarkibini bir manevrli hududdan ikkinchisiga, agar bunda harakatlanish yo’nalishi asosiy yo’lni yoki qabul qilish-jo’natish yo’llarini kesib o’tsa, ko’chib o’tishiga yo’l qo’ymaslik. 3.21.Strelka posti navbatchilari qo’yidagi xavfsizlik choralariga rioya qilishlari shart: 3.21.1.Ish paytida shunday kiyinish kerakki, kiyim zich qadalgan va harakatlanishga xalaqit bermasligi, oyoq kiyim keng poshnali bo’lishi kerak. Bosh kiyim ishoratlarni me’yoriy eshitilishiga xalaqit bermasligi kerak. 3.21.2.Yo’lni to’g’ri burchak ostida kesib o’tish, yo’l oralig’i bo’ylab yoki er yuzi chekkasi bo’yicha belgilangan yo’nalish bo’yicha o’tish. 3.21.3.Vagonlar bilan band bo’lgan yo’lning bir tomonidan ikkinchisiga o’tish tormoz maydonchalaridan foydalanish. Yo’llar bilan yonma-yon yoki yo’loralig’ida joylashgan strelka posti binosidan chiqishda yo’llarda poezd, lokomotiv yoki manevrli vagonlar tarkibi yo’qligiga ishonch hosil qilish va shundan keyingina kerakli yo’nalish bo’ylab yurish. 3.21.4.Yo’llarda turgan vagonlar guruhi yoki lokomotivlarni kamida 3 metr masofada aylanib o’tish, yondosh yo’l bo’ylab poezd harakatlanayotgan bo’lishi mumkinligini esdan chiqarmaslik. 3.21.5.Harakatlanayotgan poezd yoki lokomotiv oldidan yo’ldan yugurib o’tmaslik. 3.21.6.Band yo’ldan o’tish uchun vagon tagiga tushmaslik. 3.21.7.Ajratib qo’yilgan, turgan vagonlar orasidan, agar ular orasidagi masofa 5 metrdan kam bo’lsa, o’tmaslik. 3.21.8.Relsda turmaslik va unga o’tirmaslik kerak. 3.21.9.Vagonlar va lokomotivlar harakatlanayotganda zinapoyasiga ko’tarilmaslik va undan tushmaslik. 3.22.Qo’zg’aluvchan vagonlar tarkibi strelka bo’ylab borayotganda strelka posti navbatchisi undagi yukni ko’ndalang yo’nalishga siljimaganligini yoki yuk qismini ochiq vagonlar tarkibidan siljimaganligini, shuningdek yopiq vagonlarni eshiklari holatini va ochiq holatda zarar keltirishi mumkin bo’lgan platforma bortlarini nazorat qilib turishi shart. 3.23.Strelka posti navbatchisi o’tkazish mexanizmi yondosh yo’llar oralig’ida joylashgan strelkada bo’lganda ayniqsa ehtiyot bo’lishi kerak. 3.24.Manevrni amalga oshirishga strelka posti navbatchisi mashinistga strelka bo’yicha harakatlanish uchun ishoratni faqat uni kerakli holatga o’rnatgach va yo’l oralig’iga chiqqandan so’nggina berishi kerak. 3.25.Dastaki boshqaruvli strelkani o’tkazishda o’tkazish mexanizmi richagini tik va oxirigacha olib borilmagan holda qoldirish, shuningdek strelka posanchisini (balansini) oyoq bilan ushlab turish mumkin emas, chunki bunda qo’zg’aluvchan vagonlar tarkibi bilan bosib ketish xavfi paydo bo’ladi. 3.26.Strelkani tozalash paytida quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish: 3.26.1.Strelkani tozalashga kirishishdan oldin dispetcherni xabardor qilish. 3.26.2.Strelka posti hududida manevrlovchi vagonlar tarkibini harakatlanishida faqat tanaffus paytidagina strelkani tozalash. 3.26.3.Tozalash paytida shunday holatni egallash kerakki, toki qo’zg’aluvchan vagonlar tarkibi strelkaga yaqinlashayotgani yaxshi ko’rinib turishi ta’minlansin. 3.26.4.Sutkaning qorong’i paytlarida strelkani tozalashda izlar ichiga yonib turgan dastaki fonarni o’rnatish kerak. 3.26.5.Jadallik bilan ishlaydigan alohida punktlarda strelka o’tkazgichini tozalashni, qoida bo’yicha, sutkaning yorug’ paytida (kunduzi) amalga oshirish kerak. 3.26.6.Poezdni yaqinlashayotgani yoki uni bekatdan jo’natilayotgani to’g’risidagi xabar beruvchi ishorat berilgandan keyin, shuningdek manevrlovchi vagonlar tarkibi yurishi uchun ishora berilgandan so’ng strelka o’tkazgichda strelkani tozalash va boshqa ishlarni bajarmaslik. 3.27.Tormoz boshmoqlaridan foydalanish uchun ehtiyotkorlik choralari: 3.27.1.Tormoz boshmog’ini dastasidan ushlash kerak. 3.27.2.Boshmoqni relsga o’z vaqtida yotqizish, yaqinlashayotgan vagon yoki uzib qo’yilgan vagondan xavfsiz masofada bo’lganda, boshmoqni yotqizgach yo’l oralig’i o’rtasiga qochish kerak. 3.27.3.Nosoz boshmoqlardan foydalanmaslik, shuningdek tormoz boshmog’i o’rnida va vagonlarni ponalash uchun umumiy taglik o’rnida boshqa narsalardan foydalanmaslik. 3.27.4.Strelka posti binosi (xonasi)da kerosin va moylovchi materiallarni saqlamaslik. Download 43.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling