4.Halokat holatlarida xavfsizlik talablari
4.1.Temiryo’l yo’llarini kesib o’tuvchi elektruzatuvchi liniya simlari uzilganda yo’lda yoki yo’l oralig’idayotgan simlarga teginish mumkin emas. Bunday hollarda xavfli joyni to’xtash belgisi bilan chegaralab qo’yib, stex dispetcheriga xabar berish.
4.2.Shikastlanganda, zaharlanganda va to’satdan kasal bo’lib qolganda, NKMK bosh muhandisi tomonidan 02.06.89-yila tasdiqlangan V-1 “Baxtsiz hodisalarda jabrlanuvchilarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish bo’yicha yo’riqnoma”ga binoan birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va stex dispetcheriga xabar berish.
4.3.Halokatda, to’qnashuvda va qo’zg’aluvchan vagonlar tarkibi chiqib ketganda strelka posti navbatchisi bu haqda stex dispetcheriga xabar berishi, zudlik bilan voqea joyini chegaralab qo’yishi va jabrlanuvchilarga yordam ko’rsatishga kirishishi kerak. Gazlar bilan zaharlanishdan qochish maqsadida, agar shundaylar bo’lsa, jabrlanuvchilarni halokat hududidan shamol keladigan tomonga olib o’tish kerak.
5.Ish tugashiga xavfsizlik talablari
5.1.Ish joyini tartibga keltirish.
5.2.Maxsus kiyimni echish, maxsus oyoq kiyimni va himoya vositalarini echish, ularni belgilangan joyga olib qo’yish.
5.3.Navbatchilikni topshirishda smena almashuvchiga strelkani holati, ish rahbari va dispetcherlik xizmatidan olgan tanbeh va ko’rsatmalar, shuningdek aniqlangan kamchiliklar to’g’risida xabardor qilish.
5.4.Jihoz va uskunalarni ro’yxat bo’yicha smenachiga topshirish.
5.5.Yuz va qo’llarni iliq suvda sovun bilan yuvish, iloji boricha dush qabul qilish, albatta, shaxsiy gigiena va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilgan holda.
“KELIShILGAN”
Shimoliy Kon Boshqarmasi bosh muhandisning
MM va XT bo’yicha o’rinbosari:
______________________ M.N.Ishanxodjaev
«____»_________________yil
Tarjimon: I.M.Raxmonova
Tel: 597-29-37
Do'stlaringiz bilan baham: |