O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Temir yo’llarning kesishuvlari, pereezdlari va tutashmalari


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Temir yo’llarning kesishuvlari, pereezdlari va tutashmalari 
37. Temir yo’llarning boshqa temir yo’llari bilan, tramvay, trolleybus, avtomobil yo’llari 
va shahar ko’chalari bilan kesishuvlari DATK tegishli yo’riqnomasi talablariga muvofiq amalga 
oshirilishi lozim. 
Amaldagi pereezdlarda tramvay va trolleybus harakati ochilishiga yo’l qo’yilmaydi. 
Amaldagi pereezdlarda avtobuslar harakati ochilishining har bir alohida holatiga DATK 
boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 
Temir yo’llarni avtomobil yo’llari bilan bir sathdagi kesishuv joylari DATK boshqaruvi 
raisi tomonidan, sun’iy inshootlar ostidan o’tish joylari esa DATK mintaqaviy temir yo’l uzeli 
boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.
(37 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 
1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 
38. Transport vositalari va o’ziyurar mashinalarni, shuningdek chorva mollarni 
belgilanmagan joylarda temir yo’llardan haydab o’tish taqiqlanadi. Ushbu talablar bajarilishini 
kuzatish yo’l distansiyasi xodimlariga, stansiyalarda esa stansiya xodimlari zimmasiga 
yuklatiladi. 
39. Pereezdlar temir yo’l va avtomobil transporti harakatining jadalligiga bog’liq ravishda 
to’rt toifaga bo’linadi. Pereezdlarning toifasini belgilash, saqlanishini ta’minlash va xizmat 
ko’rsatish tartibi DATK tegishli yo’riqnomasiga muvofiq belgilanadi. 
Barcha I va II toifadagi pereezdlar, shuningdek, bo’ylama elektr ta’minoti liniyalari bilan 
jihozlangan uchastkalarda yoki yaqinida boshqa turdagi uzluksiz elektr ta’minoti manbalari 
mavjud bo’lgan III va IV toifadagi pereezdlar elektr yoritgichlar, zarur hollarda esa o’tayotgan 
poezdlarni ko’rikdan o’tkazish uchun projektor qurilmalari bilan jihozlanishi lozim. 
Pereezdlarning uzluksiz elektr ta’minoti va tashqi yoritilishi vazifasi elektr ta’minoti 
distansiyasiga yuklatiladi. 
40. Pereezdlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. 
Transport 
vositalari 
haydovchilarini 
pereezdga 
yaqinlashganligi 
to’g’risida 
ogohlantiruvchi pereezd signalizatsiya qurilmalari bilan jihozlangan yoki navbatchi xodim 
tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar boshqariladigan turga kiradi. 
Pereezd signalizatsiya qurilmalari bilan jihozlanmagan va navbatchi xodim tomonidan 
xizmat ko’rsatilmaydigan pereezdlar boshqarilmaydigan turga kiradi. 
Navbatchi xodim tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar poezd lokomotivlari va 
maxsus harakat tarkibi mashinistlari bilan radio aloqaga, eng yaqin stansiya yoki post bilan, 


12 
dispetcherlik markazlashuviga ega bo’lgan uchatskalarda esa – poezd dispetcheri bilan 
to’g’ridan-to’g’ri telefon aloqasiga ega bo’lishi kerak. 
Pereezd signalizatsiya qurilmalari, avtomatik shlagbaumlar, telefon va radio aloqaning 
soz holatda ishlashi va saqlanishi signalizatsiya va aloqa distansiyasi tomonidan amalga 
oshiriladi. 
41. Pereezdlar belgilangan tarzda to’shama hamda ustunchalar yoki panjara bilan 
chegaralangan, o’tish joylariga ega bo’lishi shart. Pereezdlarga yaqinlashadigan joylarda 
ogohlantirish belgilari bo’lishi kerak: poezdlar keladigan tomondan – hushtak chalish lozim 
ekanligini bildiruvchi «S» signal belgisi, avtomobil yo’li tomonidan esa yo’l harakati qoidalariga 
muvofiq DATK yo’riqnomasida ko’zda tutilgan belgilar bo’lishi lozim. Navbatchi xodim 
tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan, poezdlar kelishi tomonidan ko’rinish darajasi qoniqarsiz 
bo’lgan kesishmalar oldida qo’shimcha «S» signal belgisi o’rnatilishi lozim. «S» signal 
belgilarini o’rnatish tartibi DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanadi. 
42. Yuk ortilgan yoki yuksiz yirik o’lchamli va og’irligi katta transport vositalari, sekin 
yuradigan mashinalar va avtopoezdlarning pereezddan o’tishi har bir alohida holda faqat yo’l 
distansiyasi boshlig’ining ruxsati bilan yo’l ustasi yoki yo’l brigadirining kuzatuvi ostida, 
elektrlashtirilgan uchastkalarda tashilayotgan yukning balandligi 4,5 metrdan ortiq bo’lgan 
paytda, shuningdek, elektr ta’minoti distansiyasi vakilining ishtirokida amalga oshiriladi. 
43. Kesishma bo’yicha navbatchi xodim pereezdda poezdlar va transport vositalarining 
xavfsiz harakatini ta’minlashi, shlagbaumni o’z vaqtida ochishi va yopishi hamda belgilangan 
signallarni etkazishi, o’tayotgan poezdlarning holatini kuzatishi lozim. Harakat xavfsizligiga 
xavf soluvchi nosozlik aniqlangan hollarda poezdni to’xtatish uchun chora ko’rishi, poezdning 
oxirini belgilovchi signal bo’lmagan hollarda esa bu to’g’risida stansiya navbatchisiga
dispetcherlik markazlashtirish bilan jihozlangan uchastkalarda esa poezd dispetcheriga xabar 
qilishi kerak. 
44. Temir yo’llarning elektr uzatish va aloqa liniyalari, neft mahsulotlari uzatiladigan 
quvurlar, suv quvurlari va boshqa turdagi er usti va er osti qurilmalari bilan kesishuviga faqat 
DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. Bunday kesishuvlarda poezdlar harakati 
xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlovchi choralar amalga oshirilishi yoki maxsus 
muhofazalovchi qurilmalar ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Ushbu qurilmalar loyihasi DATK 
boshqaruvi raisi bilan kelishilgan bo’lishi kerak. 
45. Yangi qurilayotgan liniyalar va shahobcha yo’llar, peregonlardagi asosiy yo’llarga, 
istisno hollarda, DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan tutashtirilishi mumkin. 
Ikkinchi yo’lning qurilishi, inshoot va qurilmalarni qayta va tub ta’mirlash ishlarini 
bajarish, yangi alohida punktlarni qurish va hakazolar bilan bog’liq peregonlarda strelkali 
o’tkazgichlarni vaqtincha o’rnatish va echib olish, har bir alohida holatda DATK boshqaruvi 
raisi ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Alohida punktni konservatsiya qilish yoki berkitishda, peregondagi tutashma shahobcha 
yo’lini saqlab qolish to’g’risidagi qarorni, DATK boshqaruvi raisi, texnik vositalarga xizmat 
ko’rsatish va poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilash bilan qabul qiladi. 
46. Liniyalarning bir sathda kesishuvi, shuningdek liniyalar, shahobcha va tutashtiruvchi 
yo’llarning peregon va stansiyalardagi asosiy yo’llarga tutashmalari muhofaza berk yo’llariga 
yoki muhofaza strelkalariga ega bo’lishi lozim. 
Harakat tarkibi o’z-o’zidan stansiya yoki peregonga chiqib ketishini oldini olish uchun 
shahobcha va tutashtiruvchi yo’llarning stansiyadagi qabul qilish-jo’natish va boshqa yo’llarga 
tutashmalari muhofaza berk yo’llarga, muhofaza strelkalari, tutib qoluvchi boshmoqlar yoki 
strelkalarga ega bo’lishi kerak. 
Muhofaza berk yo’llarining foydali uzunligi 50 metrdan kam bo’lmasligi kerak. 
Uzoqqa cho’zilgan qiyaliklar mavjud peregonlarda, shuningdek, bunday peregonlarni 
chegarolovchi stansiyalarda zarur hollarda DATK boshqaruvi raisi tasdiqlagan loyihalar 
bo’yicha tutib qoluvchi berk yo’llar quriladi. 


13 
47. Ikki yo’llik liniyalar peregonlarida o’rnatiladigan strelka o’tkazgichlar to’g’ri 
yo’nalishda harakatlananyotgan poezdlar uchun harakat yo’nalishi bo’ylab bo’lishi kerak. 
Istisno hollarda tutashma yo’llarning yondashuvi qiyin sharoitlarda DATK boshqaruvi 
raisi ruxsati bilan harakat yo’nalishiga teskari strelka o’tkazgichlar o’rnatilishi mumkin. 
48. Asosiy, qabul qilish-jo’natish va boshqa stansiya yo’llarining hosil bo’luvchi uch 
yoki to’rt yo’llik temir yo’llar qo’shilishlarining joylashuviga faqat DATK boshqaruvi raisi 
ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling