O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/83
Sana21.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1714253
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83
Bog'liq
PTE uz (1)

Yo’l va signal belgilari 
49. Asosiy yo’llar oldida signal va yo’l belgilari o’rnatiladi. 
Strelka o’tkazgichlar oldida va yo’llarning boshqa qo’shilish joylarida chegara 
ustunchalari o’rnatiladi. 
Temir yo’l ajratish hududining chegaralarini ko’rsatish, shunigdek, er ustida tuproq 
ko’tarmasidagi yashirin inshootlarni belgilash uchun maxsus belgilar o’rnatiladi. 
Signal belgilari harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomonda, yo’l belgilari esa kilometr 
hisobi ko’rsatkichi bo’yicha eng chetdagi yo’lning o’qidan 3100 mm dan kam bo’lmagan 
masofada o’ng tomonda o’rnatiladi. 
O’ymalarda (qoya toshlardan tashqari) va ulardan chiqishda yo’l va signal belgilari dala 
tomonda kyuvet va lotoklardan tashqarida o’rnatiladi. O’ta kuchli bosib qoluvchi o’ymalar va 
ulardan chiqishda (100 metrgacha masofada) ko’rsatib o’tilgan belgilar eng chetdagi yo’lning 
o’qidan kamida 5700 mm masofada o’rnatiladi. Bunday o’ymalar ro’yxati DATK boshqaruvi 
raisi tomonidan o‘rnatiladi. 
Elektrlashtirilgan uchastkalarda signal va yo’l belgilari kontakt tarmog’i ustunlarida 
o’rnatilishi mumkin, svetofor chiroqlari, kontakt tarmog’ining komplekt transformator 
podstansiyalari, ajratgichlari va razryadniklari o’rnatilgan ustunlar bundan istisno. 
Chegara ustunlari yo’llar oralig’ining o’rtasida, yaqinlashayotgan yo’llarning o’qi 
orasidagi masofa 4100 mm ni tashkil etgan joylarda o’rnatiladi. T gabarit o’lchamlari bo’yicha 
qurilgan harakat tarkibi yurmaydigan stansiya yo’llarida 3810 mm masofani saqlab qolishga 
ruxsat etiladi. Yo’llar orasidagi masofasi toraytirilgan qayta yuklash yo’llarida chegara 
ustunchalari yo’llar orasidagi masofa 3600 mm bo’lgan joyda o’rnatiladi. 
Yo’lning egri uchastkalarida bu masofalar Qurilmalar yaqinlashuvi kattaliklarini qo’llash 
bo’yicha yo’riqnomada belgilangan me’yorlarga muvofiq ravishda ko’paytirilishi lozim. 
Signal, yo’l va maxsus belgilar signallashtirish bo’yicha yo’riqnomada tasdiqlangan turda 
bo’lishi kerak. 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling